Bugun iftorlikda kimlar shayx deyilishi haqida mavzu ochilib qoldi. O‘zim haqimda so‘z borganda, 3-4-yil oldin bu haqda yozganimni, umrim oxirigacha biror kishi ismimga "shayx" iborasini qo‘shsa, undan rozi emasligimni aytganimni zikr qildim va bunga shuni qo‘shimcha qildim: "Men o‘zimning ilmim va amalim qay darajada ekanini bilganim uchun, meni Mubashshir deyishlari u yoqda tursin, balki Mubash deyishlariga-da loyiqman". Va men buni shunchaki kamtarlik yuzasidan emas, rostdan va chin dildan aytdim.
Ana shu kayfiyatda yurganimda mashoyixlar shayxi Ahmad Rifo’iyning muridlariga qarata aytgan quyidagi so‘zlarini o‘qib qoldim: "Meni shayx yoki murshid demang! Agar men o‘zimni birortangizdan afzal va yaxshi ko‘rsam, Qiyomatda Fir’avn va Homonlar qatorida tirilaman. Men shayx emasman. Hatto shay’ (biror narsa) ham emasman. Alloh karomatlar bilan siylagan zotlar, karomatlarini ayol hayzini yashirgandek yashirganlar" ("Burhonul-muayyad" kitobidan).
Shayx Rifo’iy bunday deganlarining sababi, kishi o‘zini boshqalardan ustun ko‘rsa, Fir’avn va Homonning ishini va qilmishini qilgan bo‘ladi. Zero, ularning yomonligi - o‘zini boshqalardan ustun ko‘rishi va mutakabbirligi edi. O‘zidan roziligi va ujbi (hayratlanishi) edi.
Bularni aytgan shayx Ahmad Rifoiy-ku, ilm va amalda xalqning oldi sanalganlar. Qancha odamning hidoyati va istiqomatiga bois bo‘lganlar. Shunda ham turli unvonlardan hazar qilganlar. Har qanday maqtov va olqish vafotlaridan keyingina aytilishiga rozi bo‘lganlar. Bu ehtiyotkorliklar qalblarining rioya va muhofazasi uchun hamda ujb va kibrdan ehtiyot bo‘lganlari sababli edi.
Endi bizga kim qo‘yibdi, shayxlik yo ustozlik da’vosini? Xalqning oldiga o‘tish yoxud murshidlik va yo‘lboshchilik iddaosi bizga emas. Haddimizni bilaylik, joyimizda turaylik. Azizlik va karomot Allohning huzuridadir, xalqning nazarida emas. Allohdan qolmaylik, istiqomat so‘raylik.
Mubashshir AHMAD
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?