11:04 / 14.06.2019
3 016

O‘zimizga ishonchimizni so‘ndiruvchi 5 ta faoliyat

O‘zimizga ishonchimizni so‘ndiruvchi 5 ta faoliyat
Ko‘proq natijaga erishishni istaydigan, lekin o‘ziga ishonmaydiganlarga bir nechta tavsiyalar.

O‘ziga nisbatan dadil bo‘lgan kishilar beixtiyor ravishda tahsinlarga sazovor bo‘lishadi. Nigohlarida har qanday vazifani qoyillatishga tayyorliklarini sezamiz. Aslida esa, ular shunchaki shaxsiy bahoni tushirib yuboruvchi salbiy fikrlar va hissiyotlardan qochish ilmini puxta egallashgan.

1. Solishtirish
Bolalik chog‘imizdan biz doimo boshqalar bilan bellashib kelamiz. Biroq, har bir odam bilan qiyoslashda g‘alaba qozonish ilojsiz. Buning o‘rniga o‘zimizning eng yaxshi natijamizni ko‘rsata olyapmizmi deb savol tashlagan ma’qul. Javob topish uchun eng kuchli va ojiz tomonlarimizni tan olib fikrlash kerak. Har yangi kunni kechagi o‘zingizga nisbatan yaxshiroq natijaga erishishga sarflasangiz, shaxsiy rivojlanish sizdan ko‘p kuch va vaqtingizni oladi. Natijada boshqalar bilan ishingiz ham bo‘lmaydi.

2. O‘tmishdagi omadsizliklar
O‘tmishdagi muvaffaqiyatsizliklar alamiga bardosh berib, yangi cho‘qqilarni zabt etishga intilish favqulodda jasurlik talab etadi. G‘alaba sari bor kuchingizni jamlang va omadsizliklar haqidagi o‘ylar o‘z maqsadingizdan chalg‘itishiga yo‘l bermang.

3. Puxta tayyorlanmaslik
Har bir kun kelajakda biz erishishimiz mumkin bo‘lgan g‘alabalarga hozirlik ko‘rish imkoniyatini beradi.
G‘oliblarday yashash uchun, ular kabi fikrlash kerak. Bir marta bo‘lsa ham chempion bo‘lgan odam g‘alaba qancha mehnat evaziga kelganini yaxshi anglaydi.

Ko‘proq mehnat qilishga tayyormisiz? Natijaga erishish yo‘lida duch keladigan qiyinchiliklarga bardosh berishga ishonchingiz komilmi? Javobingiz ijobiy bo‘lsa, bo‘lajak g‘alabalaringiz sari harakatni bugundan boshlang. Shaxsiy ishonch egallangan zarur bilim va ko‘nikmalar ortidan keladi.

4. Qo‘rquv
Tanbeh-u dashnomlardan hadiksirash ko‘zlangan maqsaddan chalg‘ituvchi eng katta qo‘rquv hisoblanadi. Agar birovlar fikriga o‘zimiz e’tibor qaratmasak, ular hech qanday ta’sir kuchiga ega emas. Sizning shaxsiy bahoyingiz har qanday vahima va qo‘rquvdan muhimroq.

5. Salbiy fikr yuritish
Atrofda minglab imkoniyatlar mavjudligini doimo yodda tuting. Sizni jarlikka yetaklayotgan va ruhiyatingizda umidsizlik tuyg‘usini uyg‘otayotgan xayollarni miyangizdan chiqarib tashlang. Nafaqat hozirgi kayfiyatingiz, qolaversa kelajagingizga aloqador bo‘lgan konstruktiv fikrlashni o‘rganing.

Eslab qoling, shaxsiy ishonch g‘alaba sari yo‘lning o‘zi emas, balki uning muhim sababi ham hisoblanadi.
Siz nimani xohlasangiz erisha oladigan darajada kuchli, aqlli va layoqatlisiz. Shunday ekan o‘zingizga shubha qilishga umuman asos yo‘q.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » O‘zimizga ishonchimizni so‘ndiruvchi 5 ta faoliyat