Foto: “360tv.ru”
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning oʻgʻli Serdar Berdimuhamedov Axal viloyati rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, prezident Axal viloyati sobiq rahbari Shohrat Amangeldiyevni boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etgan.
Serdar Berdimuhamedov rahbar etib tayinlanguniga qadar viloyat rahbari oʻrinbosari boʻlib ishlab kelayotgandi. Axal viloyati mamlakatning janubida joylashgan boʻlib, Turkmanistonning besh viloyatidan biri hisoblanadi.
Serdar Berdimuhemedov 1981-yilda tavallud topgan. Niyozov S.A. nomidagi Turkmaniston qishloq xoʻjaligi universitetini muhandis-texnolog mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Serdar — Turkmaniston prezidentining yagona oʻgʻli. U 2016-yili mamlakat parlamentiga saylanib, siyosatga kirib kelgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
O‘zbekistonlik sportchi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi