19:55 / 19.06.2019
5 200

Nima uchun odam 40 yoshdan keyin semiradi va buni qanday to‘g‘rilash mumkin?

Nima uchun odam 40 yoshdan keyin semiradi va buni qanday to‘g‘rilash mumkin?
Metabolizm va gormonlar sizga qarshi ishlaganda qomatni saqlash borasida Layfxaker quyidagi maslahatlarni berdi.

Metabolizm sekinlashadi
2010 yilda o‘tkazilgan yirik tadqiqotda turli yoshdagi 8 ming kishi sinovdan o‘tkazilgan va 40 yoshdan keyin bazaviy metabolizm 3,1-3,3 foizga kamayishi aniqlangan.

Demak, tana sokinlik holatida kuniga 50-60 dan kamroq kilokaloriya sarflaydi. Agar jismoniy faollik darajasi va odatiy parhez o‘zgartirilmasa, yiliga uch kilogramm vazn to‘plashingiz mumkin.

Nima qilish kerak?
Ovqatlanishni qayta ko‘rib chiqish va kaloriyalar iste’molini qisqartirish lozim. Agar vazn tashlamoqchi bo‘lsangiz, tezkor uglevodlar miqdorini qisqartiring, hech bo‘lmaganda iste’mol qilinayotgan kaloriyalarni hisoblang va kundalik normadan oshmaslikka harakat qiling.

Mushak massasi yo‘qotiladi
50 yoshdan keyin mushak massasi juda tez – yiliga 15 foizgacha yo‘qotiladi. Biroq mushak kuchlarni yo‘qotish jarayoni o‘ttiz yoshdan keyin ishga tushadi. 2013 yilda o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, 40 yoshgacha va 40 yoshdan katta odamlar mushak massasi miqdori o‘rtasidagi farq 16,6 dan 40,9 foizgacha bo‘lgan ko‘rsatkichni tashkil etadi.

Yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlar, jismoniy harakatning mavjud emasligi, testosteron darajasining tushishi – bularning bari mushak massasi miqdoriga salbiy ta’sir qiladi. Axir organizm unga xizmat qilish uchun ko‘p quvvat sarflaydi. Mushakni yo‘qotganda metabolizm ko‘proq pasayadi va ortiqcha kilogramm to‘plash ehtimoli ortadi.

Nima qilish kerak?
Agar shu paytgacha sport bilan shug‘ullanmagan bo‘lsangiz, boshlashning ayni vaqti. Mashqlar va oqsil iste’moli mushak massasini oshirishda sizga yordam beradi.

Gormonal fon o‘zgaradi
35 yoshdan keyin ayollarda estrogen ishlab chiqarilishi pasayadi. Bu esa vaqt o‘tishi bilan menopauza va klimaks boshlanishiga olib keladi. Estrogenning ko‘p miqdorda bo‘lishi yog‘ to‘planishiga hissa qo‘shsa ham uning yetishmasligi ham vaznga salbiy ta’sir qiladi. Postmenopauza davriga o‘tish abdominal yog‘ miqdori va glyukoza hamda insulin darajasi ortishi bilan xarakterlanadi.

Erkaklarda testosteron 30 yoshdan keyin pasayadi, biroq bu 40 yoshdan keyin seziladi. 1991 yilda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, erkaklarda 39 yoshdan keyin erkin testosteron (oqsilga bog‘liq bo‘lmagani) darajasi yiliga deyarli 1,2 foizga pasayadi.

Depressiya, libidoning pasayishi, mushak massasining yo‘qotilishi va yog‘ foizining ortishi, bularning bari – testosteron darajasining pasayishi belgilari.

Nima qilish kerak?
Qalqonsimon bez - gormonlar ishlab chiqarilishiga bevosita mas’ul organni tekshiring. Ayollarning salkam 20 foizi 40 yoshdan keyin qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolardan aziyat chekadi. Agar o‘zingizni holsiz his qilsangiz va hech qanday sabablarsiz vazn to‘playotgan bo‘lsangiz, shifokordan gormonal barqarorlikni tekshirish uchun test o‘tkazish zaruriyati haqida so‘rang. Ehtimol, gormonal terapiya vazn to‘plashdan xalos bo‘lishda yordam berar.

Bundan tashqari, mashg‘ulotlar, yuqori oqsilli parhez, zo‘riqishning mavjud emasligi kabi testosteronni oshirishning tabiiy usullari ham mavjudligini unutmang.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nima uchun odam 40 yoshdan keyin semiradi va buni qanday to‘g‘rilash mumkin?