13:30 / 25.06.2019
3 489

8 soatdan ko‘proq ishlaydiganlar qanday xavfli kasalliklarga chalinishi mumkin?

8 soatdan ko‘proq ishlaydiganlar qanday xavfli kasalliklarga chalinishi mumkin?
Fransiyalik olimlar 8 soatdan ortiq ish kuni bo‘lgan odamlarda insult rivojlanish xavfini ortishi haqida xulosaga keldi. Bu haqda MedicalXpress'ga tayanib Sof.uz xabar qildi.

Bir yil davomida kamida 50 kun ichida sutkada 10 soatlab ishlagan odamlar, me’yoridan ortiq vaqt ishlamagan ishchilarga qaraganda - insult xavfi 29 foizga ko‘p bo‘lgan.

O‘n yil davomida muntazam ravishda o‘n soatlab ishlagan odamlarda bu xavf 45 foizga ko‘tarilgan.

Ish vaqtidan ortiq ishlash ayniqsa 50 yoshga to‘lmagan kishilar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

“Bu kutilmagan holat. Bu hodisani sababini aniqlash uchun kelgusi tadqiqotni amalga oshirish zarur”, - dedi tadqiqot muallifi Aleksi Deskata.

Tadqiqotda 18 yoshdan 69 yoshgacha bo‘lgan 143,6 mingdan ortiq kishi qatnashdi. Ularning sog‘lig‘i holati 7 yil davomida kuzatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 8 soatdan ko‘proq ishlaydiganlar qanday xavfli kasalliklarga chalinishi mumkin?