Foto: Sterlegrad
Evolyutsiya natijasida odamlarda to‘rtta qon guruhi shakllangan. Har birining tarkibi bir-biridan farq qiladi. «RAMBLER» yozishicha, qon guruhi hatto odamning jismoniy va ruhiy xususiyatlariga ham ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, qon guruhi II (A) bo‘lgan odamlarning tanasida stressdan himoya qiluvchi gormon — kortizol boshqalarga qaraganda ko‘proq ishlab chiqariladi. Shuningdek, u arterial qon bosimi, glyukoza darajasi hamda butun immun tizimi faoliyatini tartibga soladi. Faqat ortiqcha kortizol kuchli stressga olib kelishi mumkin. Natijada bunday odamlar surunkali stress, uyqu buzilishi, ortiqcha vazndan qiynalishadi.
Bundan tashqari, Dana Farber Onkoinstitutida amerikalik olimlar yana bir o‘ziga xos xususiyatni aniqlashdi. Buni qarangki, II qon guruhi vakillarida onkologik kasalliklar xavfi yuqori ekan: ularning oshqozon saratoni va o‘tkir leykoz bilan ko‘proq og‘rishi ma’lum bo‘ldi. Shunga qaramay, mazkur qon guruhi vakillari orasida uzoq umr ko‘ruvchilar ko‘pchilikni tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?