08:50 / 16.09.2019
5 880

Tomirlarni dorisiz tozalash mumkin. Xo‘sh, qanday qilib?

Tomirlarni dorisiz tozalash mumkin. Xo‘sh, qanday qilib?
Foto: «Kleo»
Yosh o‘tgan sari ko‘pchilikda ateroskleroz rivojlana boshlaydi, ya’ni qon tomir devorlarida dog‘uli tiqinlar paydo bo‘ladi. Tomir yo‘lining ular tomonidan butunlay bekilib qolishi infarkt yoki insultga olib keladi. Xavf-xatarni kamaytirish uchun salomatlik to‘g‘risida hozirdan qayg‘urish va qon tomirlarni tozalash kerak.

Aterosklerozning makkorligi shundaki, 20—25 yoshlilarda u o‘zini umuman namoyon qilmasligi mumkin. Infarkt, insult, yurakdagi og‘riq, aritmiya ayollarda 50, erkaklarda esa 40 yoshdan keyin yuzaga chiqa boshlaydi. Muammoni nafaqat ortiqcha xolesterin, balki kalsiyning fosfor bilan birikishi ham keltirib chiqaradi: ular tomirlar kalsinozini qo‘zg‘aydi.

Xo‘sh, qanday chora ko‘rish kerak? Agar tahlillar qonda xolesterin ko‘pligini tasdiqlasa va shifokor uni kamaytiruvchi preparatlar tayinlasa, ulardan voz kechmaslik kerak. Faqat parhezga tuzatish kiritish lozim, xolos. Bu qancha erta amalga oshirilsa, tomirlar uchun shuncha yaxshi bo‘ladi.

K2 vitamini
Mazkur vitamin suyaklardan kalsiyning yuvilib ketishi hamda tomir devorlariga o‘rnashib qolishining oldini oladi. Taomnomaga pishloq bilan sut-qatiq mahsulotlarini kiritish lozim. Bundan tashqari, kletchatkaga boy prebiotik yeguliklar ichaklarni qo‘llab-quvvatlaydi. Ularga ko‘kat va meva-sabzavotlar kiradi.

Magniy
Ushbu mikroelement fosfatlarni bog‘lashga yordam beradi hamda ularning tomir devorlariga o‘rnashib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi. Marjumak (grechixa), suli, yong‘oq va dukkaklilar tarkibida magniy bisyor.

Rux va D vitamini
Ular qonda fosfat miqdorini tartibga soluvchi ferment bilan bog‘liq. Dengiz mahsulotlari, ismaloq, qovoq urug‘i, keshyu ruxga boy. D vitamini esa baliq yog‘i, ikra, sut-qatiq mahsulotlari, pishloq va sariyog‘ tarkibida mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tomirlarni dorisiz tozalash mumkin. Xo‘sh, qanday qilib?