16:23 / 08.10.2019
5 009

Qoʻziqorin yeyishni koʻpaytirish kerak. Negaligini bilasizmi?

Qoʻziqorin yeyishni koʻpaytirish kerak. Negaligini bilasizmi?
Foto: “Yandeks”
Qoʻziqorinni muntazam isteʼmol qilish prostata saratoni xavfini kamaytiradi. Bu haqda Toxoku Universiteti (Yaponiya) saytida xabar berilgan.

Olimlar oʻn besh yil davomida 40 — 79 yoshdagi qariyb 36,5 mingta erkakning salomatligini kuzatishdi. Ulardan vaqti-vaqti bilan anketa toʻldirishni soʻrashgan. Anketada ovqatlanish taomnomasi, qoʻziqorin isteʼmoli, jismoniy faollik, zararli odatlar, maʼlumoti, oilasi va kasalliklar tarixi borasidagi savollar jamlangan.

Maʼlum boʻlishicha, tajriba ishtirokchilarining 3,3 foizi kuzatuv paytida prostata bezi saratoni bilan kasallangan boʻlgan. Bunda haftasiga bir yoki ikki marta qoʻziqorin isteʼmol qilganlar orasida saratonning rivojlanish xavfi uni umuman yemaydiganlarga nisbatan 8% kamroq boʻlgan. Kuniga qoʻziqorin isteʼmol qilish oʻrtacha 7,6 grammni tashkil etgan. Olimlar fikriga koʻra, sogʻlom boʻlishda yanada yaxshi natijalarga erishish uchun qoʻziqorin isteʼmolini koʻpaytirish lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qoʻziqorin yeyishni koʻpaytirish kerak. Negaligini bilasizmi?