14:23 / 09.10.2019
6 797

Nega oyoq-qo‘llarning muzdek bo‘lib yurishi — yomon belgi?

Nega oyoq-qo‘llarning muzdek bo‘lib yurishi — yomon belgi?
Foto: «Spina-help»
Ko‘pchilik yil fasli yoki ob-havodan qat’i nazar, muntazam oyoq-qo‘li muzlashidan noliydi. «Rambler»ning yozishicha, mutaxassislar oyoq-qo‘llarning muzdek yurishi xavfli kasalliklar alomati bo‘lishi mumkinligidan ogohlantiradi.

Jumladan, bunday belgi anemiyadan darak berishi mumkin. Bunda tanaga kislorod yetkazib beruvchi qizil qon tanachalari yetishmaydi. Anemiya esa mehnat qobiliyati, ruhiy va jismoniy rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar davolanmasa, odamda doimiy lohaslik hissi kelib chiqishi, keyin esa surunkali kasalliklar ham rivojlanishi mumkin.

Shuningdek, muzdek qo‘llar qonda qand miqdori kamayganidan ham darak berishi mumkin. Agar yana charchoq, tez-tez hojatga qatnash bilan chanqoqni ham his qilsangiz, shifokorga ko‘rinish va qandli diabet xavfi bor-yo‘qligini aniqlashtirish zarur.

Muzdek oyoq-qo‘llar trombozdan dalolat bo‘lishi mumkin: bunda arteriya va venalarga qon quyqalari tiqib qoladi va oyoq-qo‘llar uzoq paytgacha isimaydi. U ba’zan barmoqlarning ko‘karishi va og‘riq bilan kechadi. Tromboz bemorlarida aterosklerotik tiqinlar ko‘rinishidagi xolesterinli cho‘kindilar bo‘lishi mumkin.

Alomati oyoq-qo‘llar muzlashi bilan kechuvchi yana bir xavfli xastalik Reyno kasalligi deb ataladi. Bunda mayda arteriyalar shikastlanadi va bemorning qo‘llari ko‘karadi.

Yana oyoq-qo‘llarning doimiy muzdek bo‘lishi qon aylanishidagi muammolar va qon bosimi pasayishidan ham darak beradi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nega oyoq-qo‘llarning muzdek bo‘lib yurishi — yomon belgi?