Olimlarning aniqlashicha, yurish tezligi miya qarishi bilan bevosita bog‘langan bo‘lib, sekin yuradigan insonlarda miya qariroq bo‘ladi. Bunday xulosaga Yangi Zelandiyaning mingga yaqin vakilida o‘tkazilgan tadqiqot natijasida kelingan.
Bu tadqiqot haqida JAMA Network Open ilmiy nashrida so‘zlangan. Tadqiqot Yangi Zelandiyaning Janubiy orolida o‘tkazilgan. Tajribaning barcha ishtirokchilari u boshlanganda 45 yoshda bo‘lgan. Olimlar ularni hayotlari davomida kuzatib borishgan.
Yakuniy bosqichda MRT yurish sur’ati past bo‘lgan odamlarda miya hajmi, uning qobig‘i zichligi kichikroq bo‘lganini ko‘rsatgan. Ularda mayda tomirlar kasalligi alomatlari aniqlangan. Bu holat esa aqli zaiflikka va ishemik insultlarga olib kelishi mumkin.
Umuman olganda, tadqiqot sekin yuruvchi odamlar miyasi tezroq qariganini ko‘rsatgan. Tadqiqot mualliflaridan biri Terri Moffittning ta’kidlashicha, 70-80 yoshida sekin yuruvchi odamlar shu yoshda tez yuruvchilarga nisbatan ko‘proq vafot etadilar. Uning aytishicha, tadqiqot maktabgacha davrdan tortib keksalikkacha bo‘lgan davrni qamrab olgan. Tadqiqotning ko‘rsatishicha, sekin yurish keksalik davrigachayoq muammoli alomatga aylanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi