16:52 / 16.10.2019
4 663

Hayratlanarli faktlarni yoqtiruvchi insonlar uchun 11 ta fakt (foto)

Hayratlanarli faktlarni yoqtiruvchi insonlar uchun 11 ta fakt (foto)
1. Siz ham hayotingizda bo‘lib o‘tayotgan bir voqeani avval ham bajargandek yoki guvohi bo‘lgandek tuyulaverasizmi, demak bu sizda yuz berayotgan déjà vudir. Agar biror voqeani tushungizda avval ko‘rgan bo‘lsangiz esa bu butunlay boshqa tushuncha bo‘lib, bu déjà reve deb ataladi.

2. Oshpazlarning bosh kiyimining yuqori qismi 100 qatlamli holda tikilishi oshxonadagi eng oddiy mahsulot – tuxumni 100 xil usulda pishirish mumkinligini anglatadi.

3. Ba’zi mushuklarning odamlarga nisbatan allergiyasi bo‘larkan.

4. Sundoku kitob yig‘ish, ammo ularni o‘qimaslik faoliyatidir.

5. Tutqunlikdagi qarg‘alar inson so‘zlashuviga taqlid qilishni to‘tiqushlarga qaraganda tezroq o‘rganisharkan.

6. Shvetsiyadagi qon donorlari ularning qonlari foydalanilgan kunda minnatdorchilik xatlarini qabul qilisharkan.

7. Melburn hokimiyati o‘z fuqarolari ularning ustidan shikoyatlarini jo‘nata olishi uchun ba’zi daraxtlarga ham email pochta manzili ochgan. Eng qiziqarlisi shuki, ular shikoyat arizalari emas balki mehr va muhabbat maktublariga to‘lib ketgan.

8. Yaponiyada yosh bolalarni sumo jangchisi qo‘lida yig‘latishga erishish, o‘sha go‘daklar uchun omad belgisi hisoblanarkan.

9. Fazoning ham o‘z ifori bor, undan dizel yonilg‘isi, porox va barbekyu uyg‘unlashgan buketning hidi keladi. Ushbu hid asosan so‘ngan yulduzlarning nishonalari hisoblanadi.

10. 1997 yil Luisvilda vafot etgan ayol miqdori $300,000 atrofida bo‘lgan barcha pullarini o‘zining yozma vasiyatnomasida Aktyor Charlez Bronsonga meros qilib qoldirgan. Qiziqarlisi shundaki, ular avval hech qachon uchrashishmagan, ayol aktyorning shunchaki muxlisi bo‘lgan xolos.

11. Itlarning 250tagacha so‘z va ishoralarni tushunish qobiliyati mavjud bo‘lib, o‘rta yoshdagi har bir it xuddi ikki yashar bolanikidek zehnga ega ekan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Hayratlanarli faktlarni yoqtiruvchi insonlar uchun 11 ta fakt (foto)