09:55 / 17.10.2019
2 942

Ish paytida to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis maslahatlari

Ish paytida to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis maslahatlari
Ovqatlanish va biotexnologiya tadqiqot markazi ekspertlari ish paytida to‘g‘ri ovqatlanish kerakligi xususida tavsiyalar berishdi.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, inson kuniga besh-olti marta ovqatlanishi kerak va ovqatlanish orasidagi tanaffus uch soatdan oshmasligi kerak.

Uzoq vaqt oraliqda oshqozon devorlari qisqaradi va "ochlik og‘riqlari" paydo bo‘ladi, shuningdek, shilliq qavatni bezovta qiladigan xlorid kislota ishlab chiqariladi.

Markaz mutaxassislari tushlikni o‘tkazib yubormaslikni maslahat berishdi. Shu bilan birga, ular sho‘r ovqatni iste’mol qilinganda oyoqlarda shish paydo bo‘lishi, juda yog‘li ovqat esa – ortiqcha vazn paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi.

Mutaxassislar oz miqdorda meva, sabzavot, yong‘oq va achchiq shokoladni iste’mol qilish ish paytda eng yaxshi qisqa ovqatlanish deb atashdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ish paytida to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis maslahatlari