Dunyoda turli xil shaxsiyatga ega bo‘lgan turli xil insonlar mavjud. Inson tabiati hamda shaxsiyati ko‘pincha uning nimani yoqtirishi, yoqtirmasligi yoki bo‘lmasam hayot tarziga bog‘liq bo‘ladi. Ba’zi insonlar quyoshning botishini ko‘rishdan zavq olsa, ba’zilar esa sokin tundagi porlab turgan yulduzlardan orom topishadi.
Agarda siz yomg‘irni sevuvchi va har bir yomg‘ir tomchilaridan zavq olsangiz, demak, siz shubhasiz o‘ziga xos shaxsiyatga ega bo‘lgan insonsiz! Bu turdagi insonlarning kayfiyati ko‘pincha ob-havoga bog‘liq bo‘ladi. Ular xuddi yomg‘ir singari sodda va bosiq xarakterga ega bo‘lishadi. Odatda ular o‘tmishlarini ko‘proq eslashga moyildir. Faqatgina yomg‘ir ularning kayfiyatini a’lo darajaga ko‘tara oladi.
Ko‘pincha ular derazaga urilib yog‘ayotgan har bir tomchidan zavq olib, bir muddat xayolga cho‘mib, tomosha qilishni xush ko‘rishadi. Yomg‘irni sevuvchi insonlar introvert shaxslardir. Ular ko‘pincha yolg‘iz qolib, orzulari haqida o‘ylaydilar. Ular har bir kichik zarradan quvonch va baxtni ko‘rishga intiladilar.
Ayniqsa, ulardagi tabiat manzaralariga bo‘lgan ishtiyoqi juda ham baland. Agarda ular qandaydir muammoga duch kelishsa, xotirjamlik bilan ulardan bartaraf bo‘lish yo‘lini izlashadi. Eng asosiysi, ular har qanday vaziyatda o‘zlariga bo‘lgan ishonchini yo‘qotmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi