Olmaning inson salomatligi uchun qanday foydali jihatlari bor? «Ekologuz» kanali bu haqda ma’lumotlar berib o‘tdi.
Olmada S, V1, V2, R, Ye, A vitaminlari, kaliy, marganets va temir moddalari ko‘p miqdorda mavjud. S va V vitaminlari barcha a’zolarda modda almashinuvini yaxshilaydi. R va Ye darmondorilari organizmni yoshartirib, teri va to‘qimalar holatini tiklaydi. Kaliy moddasi arterial qon bosimini me’yorlashtirishi, tish emali va suyak to‘qimalarini mustahkamlashi tadqiqotlarda ko‘p bora o‘z isbotini topgan. Olma tarkibidagi pektin esa organizmdan ortiqcha xolesterinni chiqarib yuborishga ko‘maklashadi, shuningdek, qandli diabet kasalligidan uzoqlashtiradi. Bu modda yana yuz terisining tarang va tiniq bo‘lishini ta’minlaydi.
Bundan tashqari, miyadagi zo‘riqishlar, kayfiyatni xira qilib turadigan o‘y-xayollarni unutishda ham olmaning yordamiga tayanish mumkin. Buning uchun yotoqxonadagi deraza tokchasiga xushbo‘y hidli olmadan 1-2 tasini terib qo‘yish, kifoya.
Olmada chirish-bijg‘ish jarayonini sekinlashtiruvchi, ichakdagi meteorizmni faollashtiruvchi moddalar ko‘p, shu sababli bu meva tanani zararli moddalardan tozalab, qorin dam bo‘lishidan xalos qiladi. Oshqozon-ichak xastaliklarida, yo‘g‘on ichak yallig‘lanishida va dizenteriyada olma yordamga keladi.
Bundan tashqari, ozish niyatida bo‘lganlarga 1 haftaga mo‘ljallangan olmali parhez yaxshi yordam beradi. Bunda 7 kun davomida olmadan tayyorlangan salatlar, kompot va sharbatlar, gaz pechida dimlangan hamda bug‘da pishirilgan olmali taomlar iste’mol qilinadi.
Olma tarkibidagi dubil moddalar tanada peshob kislotasi to‘planishiga qarshilik qiladi.
Olma qabziyatning oldini oladi. Buning uchun ertalab och qoringa 1-2 dona olma yeyish talab etiladi.
Bu mevani xush ko‘ruvchilar aqlli bo‘lishadi. Chunki olma tomirlardagi qon harakatini maromiga keltirib, parishonxotirlik, miya horg‘inligiga qarshi kurashadi. Tadqiqotchilarning fikricha, kishi kuniga 3 dona olma iste’mol qilsa, hatto ulug‘ yoshda ham xotirasi mustahkam bo‘lib, miyasi yuqori aniqlikda ishlar ekan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi