08:47 / 02.11.2019
4 345

Insonlar uzoq vaqt boshqa insonlar bilan o‘zaro muloqot qilmasa nima bo‘ladi?

Insonlar uzoq vaqt boshqa insonlar bilan o‘zaro muloqot qilmasa nima bo‘ladi?
Bu Blanche Monnier ismli ayol. Yoshligida Blanche advokatga turmushga chiqmoqchi edi, ammo oilasi bunga qarshi bo‘lgan. Uning onasi Parijdagi kvartirasida yosh ayolni qulflab qo‘yib, ularning to‘yini oldini olishga qaror qilgan, deya xabar beradi Quora.

Blanche 25 yil davomida o‘sha uyda asiralikda yashagan.

Uning yagona aloqasi - yovuz onasi va ukasi edi. Blanche insonlar bilan muloqot qila olmaganidan ko‘plab ruhiy kasalliklardan aziyat chekdi. U qamoqdan chiqqandan 10 yil o‘tgach vafot etdi. Ammo uning onasi esa 15 kunlik qamoqqa hukm qilindi.

Bunday voqealar hayotda kamdan-kam uchrab turadi, ammo bu bizga nimanidir ko‘rsatmoqda.

Shuning uchun bizda bu ijtimoiy instinkt mavjud.
Yolg‘izlik biz uchun azoblidir. Insonlarni jamiyatdan ajratib qo‘yish har qanday jismoniy shikast yetkazgan kabi haqiqiy og‘riqlarimizga javob beradi. Bizning psixologiyamizning katta qismi ijtimoiylashishga asoslangan. Axir, biz o‘z tilimizni yoki xulq-atvorimizni ixtiro qilmaymiz, biz mavjud bo‘lgan narsalarni qabul qilamiz va ehtimol unga ozgina o‘zgartirishlar kiritamiz.

Yolg‘izlik shafqatsiz doiraga aylanishi mumkin, bu yerda odamlar jamiyatdan chetga chiqib, unga qayta qo‘shilish qobiliyatini yo‘qotadilar, bu esa ular erisha olmaydigan ijtimoiy ko‘nikmalarni talab qiladi va shu tariqa dunyoda yolg‘iz qolish bilan bog‘liq og‘riqli javoblardan aziyat chekadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Insonlar uzoq vaqt boshqa insonlar bilan o‘zaro muloqot qilmasa nima bo‘ladi?