11:10 / 05.11.2019
20 271

Tushda oppoq qorni ko‘rish nimaning belgisi ekanligiga hech qiziqib ko‘rganmisiz?

Tushda oppoq qorni ko‘rish nimaning belgisi ekanligiga hech qiziqib ko‘rganmisiz?
Qor- tushlardagi sovuq hissiyot ramzi
Qor suvning shakli hisoblanib, ko‘pincha his-tuyg‘ularingizning holati va narsalarga bo‘lgan munosabatingiz bilan bog‘liq bo‘ladi.

Qor bilan tasvirlangan tush, odatda sizni sovuqqon bo‘lib ketayotganingiz va atrofdagilardan o‘zingizni olib qochayotganingizni ko‘z oldingizda gavdalantiradi.
Inson holdan toygan payti, biroz muddatga bo‘lsada hamma ishlardan holi bo‘lishni istagan payti tushida qorni ko‘rishi mumkin. Bunday holda insonlar ko‘pincha yolg‘iz qolishni xohlashadi. Hech kim bilan suhbat qurgisi kelmay, o‘z olamida yashashni ma’qul deb bilishadi.

Qor - berkinish va unutish ramzi

Hech e’tibor berganmisiz? Qor pag‘alab yoqqan mahal, barcha narsalarni oppoq qilib, yashirib qo‘yadi. Agarda sizning tushingizda qor barcha ob’ektlarni qoplagan bo‘lsa, demak, siz hayotda insonlardan berkinyapsiz. Sizni hech kim ko‘rmasligini xohlaysiz.

Qor - yangi hayotning boshlanish ramzi

Agar tushingizda erigan qorni ko‘rsangiz, demak, hayotingizga qandaydir yangilik kiritmoqchisiz. Xuddiki, sovuq qish yakunlanmoqda va qor erib ketgach, sizni iliq bahor qarshi oladi. Eriyotgan qor yangi umid va shaxsiy o‘sishni anglatishi mumkin.

Qor - sof tushning ramzi
Quyosh nuri yoki porlab turgan yulduz bilan birgalikda, qorni his qilish chindan ham sehrli va sofdir. Agar tushingizda qor parchalarini ko‘rsangiz, demak sizning ichki olamingizda tinchlik hukmronlik qilmoqda. Qolaversa, bu qalbingiz toza ekanligidan darak ham beradi.
Agarda siz tushingizda qor uchqunlarini ko‘rsangiz, demak siz hayotda har qanday kichik narsani qadrlaydigan sofdil insonsiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tushda oppoq qorni ko‘rish nimaning belgisi ekanligiga hech qiziqib ko‘rganmisiz?