13:00 / 14.11.2019
2 879

Kechki vaqtda ovqat yeyishning xavfi maʼlum qilindi

Kechki vaqtda ovqat yeyishning xavfi maʼlum qilindi
Foto: Getty Images
Inson organizmi kechki vaqt yeyilgan ovqatdan toʻyimli moddalarni oʻzlashtirishga moslashmagan. Shu sababli kechki vaqt ovqatlanish zararli va ayollarda yurak kasalliklariga olib kelishi mumkin. Bu haqda amerikalik kardiolog Evelina Greyver maʼlum qildi.

“Bizning organizm nafaqat kechki soatlar ovqatni hazm qilishga moslashmagan, balki biz kechasi kamroq harakat qilamiz va shu sababli isteʼmol qilinuvchi energiya kaloriyalar koʻrinishida sarflanmaydi”, deb taʼkidlab oʻtgan mutaxassis.

Greyverning taʼkidlashicha, bu moddalar almashinuvi, sirkad ritm, kortizol va insulin ishlab chiqilishiga salbiy taʼsir qiladi.

Maʼlum qilinishicha, Kolumbiya universiteti olimlari yoshi oʻrtacha 33 boʻlgan 100 dan koʻproq ayol ishtirokida tadqiqot oʻtkazishgan. Sinaluvchilar mutaxassislarga qanday ovqatlar yeyishga odatlanishgani va qanday vaqtda ovqatlanishlari haqida maʼlum qilishgan.

Aniqlanishicha, soat 18dan keyin ovqatlanganlar yurak-tomir tizimi muammolariga duch kelishgan. Ularda yuqori qon bosimi, vaznning yuqoriligi va qonda shakar aylanishi kuchsizlangani qayd qilingan.

Tadqiqotning koʻrsatishicha, soat 18dan keyin qanchalik koʻp ovqat yeyilsa, yurak salomatligi shunchalik yomonlashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kechki vaqtda ovqat yeyishning xavfi maʼlum qilindi