Ortiqcha vazn nafaqat jismoniy, balki psixik salomatlikka ham ta’sir ko‘rsatadi va ko‘p holatlarda depressiyaga olib keladi. Buyuk Britaniya va Avstraliya olimlari keng qamrovli tadqiqot natijasida shunday xulosaga kelishdi.
Tadqiqotchilar depressiyadan aziyat chekayotgan 48 mingdan ziyod bemorning va nazorat guruhi sifatida 300 mingga yaqin kishining genetik ma’lumotlarini o‘rganishdi va tahlil qilishdi. International Journal of Epidemiology’da keltirilishicha, barcha ishtirokchilar 1938-1971 yillar oralig‘ida dunyoga kelgan.
Olimlar ortiqcha vazn, depressiya va diabet bilan bog‘liq 73 gen o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni tahlil qilishdi. Ma’lum bo‘lishicha, semizlik va psixologik tushkunlik o‘rtasida bog‘liqlik mavjud ekan.
Inson tana massa indeksi 4,7 kg/m² ko‘rsatkichga oshgani sayin depressiya rivoji ehtimoli jins va yoshga qarab 18 foizga oshadi.
Bunga qadar ortiqcha vaznni keltirib chiqaruvchi fastfud psixik salomatlikka ham ziyon yetkazishi haqida ma’lumotlar taqdim etilgan. Yog‘ va qand miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari organizmda surunkali yallig‘lanish jarayonlarini keltirib chiqaradi, bu esa neyrodermitlar faoliyatini buzadi.
O‘rta yer dengizi parhezi sog‘liq uchun eng foydali parhez deb topildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan