07:00 / 26.11.2019
3 735

Organizmga D vitamini yetishmasligining 5 ta asosiy belgisi ma’lum qilindi

Organizmga D vitamini yetishmasligining 5 ta asosiy belgisi ma’lum qilindi
Foto: Global Look Press/Jörg Carstensen
Shifokorlar qish mavsumida ko‘p uchraydigan muammo - organizmda D vitamini taqchilligining asosiy belgilarini sanab o‘tishdi.

Ta’kidlanishicha, ushbu vitaminning organizmda yetishmasligiga qo‘l-oyoqlar va suyaklardagi og‘riqlar, ertalab bo‘g‘imlarning kam harakatchanligi, ortiqcha vazn, boshning ko‘p terlashi, ichak bilan muammolar va tushkun holat ishora qilishi mumkin.

Boston universiteti tibbiyot markazi professori Maykl F.Xolikning aytishicha, organizm yetarlicha miqdorda D vitamini olishi uchun kuniga 10-15 daqiqa quyoshda bo‘lish kifoya qiladi.

Ta’kidlanishicha, ushbu vitamin yetishmasligida osteoporoz, ikkinchi turdagi qand kasalligi va yuqori qon bosimi rivojlanishi xavfi oshadi. Tarkibida D vitamin bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari iste’molida ham taqchillik kuzatilishi mumkin, chunki quyosh nuri ushbu vitaminning asosiy manbai hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Organizmga D vitamini yetishmasligining 5 ta asosiy belgisi ma’lum qilindi