08:53 / 28.11.2019
3 948

Tushda gavdalangan o‘rgimchak tasviri nimanining belgisi?

Tushda gavdalangan o‘rgimchak tasviri nimanining belgisi?
Sizningcha, tushda o‘rgimchakni ko‘rish yaxshilik alomatimi yoki yomonlik?
Albatta, har bir narsada bir hikmat bo‘lgani singari tushda sodir bo‘ladigan hodisalarning ham real hayotimizga bog‘liqligi juda ahamiyatlidir.
Masalan, bugungi maqolamizda biz sizga tushda gavdalangan o‘rgimchak tasvirining yaxshi va yomon ma’nolari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Salbiy ma’noda ular quyidagicha ma’noga ega:
shafqatsizlik
yovuzlik
asirlikka tushish
ayyorlik
yolg‘izlik

Ijobiy ma’noda esa ular quyidagicha ma’noga ega:
sabr
chidamlilik
ijodkorlik
harakatchanlik
san’atkorlik

Tushdagi o‘rgimchaklar tasviri asirlikni yoki falajlikni ham anglatishi mumkin. Xuddiki kimdir sizni o‘z ta’qibi ostiga olgan hamda siz undan qutulish ilinjidasiz. Shunday vaziyat esa sizga hech tinchlik bermaydi.
Qolaversa, orzularingiz amalga oshishidan xavotirda bo‘laverasiz. Ertangi kuningizda sizni nimalar kutayotganidan tashvishdasiz.

Agarda tushingizda o‘rgimchaklar sizga hujum qilsa, demak, sizning real hayotingizda kimdir sizga pistirma qo‘ygan bo‘ladi. Shu sababli har qadamingizda ogoh bo‘ling.

Ba’zan tushdagi o‘rgimchaklar sizga xushxabar olib kelishi mumkin. Ya’ni yorqin, porloq kunlaringiz yaqinlashib kelayotganidan sizni boxabar qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tushda gavdalangan o‘rgimchak tasviri nimanining belgisi?