23:23 / 29.11.2019
4 323

Qish faslida quyosh nurlarida toblanish zararlimi?

Qish faslida quyosh nurlarida toblanish zararlimi?
Qish fasli kelishi bilan har birimiz quyoshli kunlarning taftini sog‘ina boshlaymiz. Issiq yoz kunlaridagidek o‘zimizni soya joylarga olgimiz kelmaydi. Imkon qadar quyosh nuridan bahra olishga harakat qilamiz. Rostdan ham qishki quyosh nurlari inson salomatligi uchun foydalimi?

Quyida beradigan ma’lumotlarimiz siz uchun asqotishi mumkin. Ko‘pchiligimizda qishning sovuq kunlarida taralayotgan quyosh nuri inson salomatligi uchun foydali degan noto‘g‘ri tushuncha mavjud. Havo harorati qishda asosan sovuqligi tufayli ham biz quyosh nurining ta’sirini deyarli sezmaymiz. Quyosh nurlari inson tanasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushishi natijasida teringizga ultrabinafsha nurlari zarar yetkazishi mumkinligidan xabaringiz bor.

Buni qarangki, ushbu ultrabinafsha nurlar qish faslida ham xuddi yoz faslidagidek tanamizga zararli hisoblanar ekan. Aynan mana shu zararli nurlar teri raki yoki terining qarishi va boshqa shu kabi kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin ekan. Kumush qish faslida ko‘pchilik o‘z oilasi yoki do‘stlari bilan tog‘larga chiqishni va u yerda chang‘i, konki yoki chana uchishni xohlaydi.

Ayniqsa, shunday joylarda nurlanish yanada kuchliroq bo‘lishi aniqlangan. Ultrabinafsha nurlari tog‘li joylarda hamda bulutli kunlarda insonga yanada tezroq ta’sir etishi kuzatilgan. Albatta, bilib qo‘ygan zarar qilmaydi, biroq ushbu himoya usullaridan foydalangan holda har bir faslning mo‘’jizakor tarovatidan bahra olishda davom eting.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qish faslida quyosh nurlarida toblanish zararlimi?