08:30 / 04.12.2019
4 554

Mushuk uxlab yotgan chaqaloqning o'limiga sababchi deb topilmoqda

Mushuk uxlab yotgan chaqaloqning o'limiga sababchi deb topilmoqda
Oʻz aravachasida uxlab yotgan 9 oylik chaqaloqning oʻlimiga mushuk sababchi boʻldi.
Qizning onasi Snejana uy yumushlarini qilib boʻlib, qoldirib ketgan qizchadan xabar olgani kelganda mushugi qizining yuziga chiqib olganini koʻradi. Ayol yugurib borib, mushukni haydaydi, qizcha esa arang nafas olayotgan edi. Bundan qoʻrqib ketgan ona zudlik bilan tez yordam chaqiradi, ammo qizchaning shu zahoti joni uziladi.

Halina Zaxarchuk, qishloq vrachlik punkti hamshirasining gaplariga qaraganda, mushuk sutning hidini olgan va isinish uchun chaqaloq aravachasiga chiqqan.
Mahalliy politsiya xodimi Pavlo Darmorgrayning soʻzlariga koʻra, Aleksandra jasadi sud ekspertlariga yuborilgan va tekshiruv ishlari boshlangan.

Ekspertning dastlabki fikriga koʻra bu asfiksiyal holat, yaʼni chaqaloq nafas yetishmasligi tufayli vafot etgan. Chunki qizchaning tanasida hech qanday jarohat topilmagan. Shuning uchun ham onaga nisbatan jinoyat ishi ochilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Mushuk uxlab yotgan chaqaloqning o'limiga sababchi deb topilmoqda