21:42 / 07.12.2019
14 204

Ayollar sumkasi haqida biz bilmagan qiziqarli maʼlumotlar

1. Londonʼs H.J. Cave kompaniyasi birinchi qimmatbaho charmdan ayollar sumkasini yaratgan
Ayollar sumkasi haqida biz bilmagan qiziqarli maʼlumotlar
1841 yilda Cave qattiq teridan birinchi kichik va sifatli sumkalar ishlab chiqargan. Bu sumkalar ishbilarmon Samuel Parkinsonning oilasi uchun qilingan edi. Hozir esa bunga o‘xshash sumkalarni Amsterdam sumkalari muzeyida ko‘rish mumkin.

2. Aytishlaricha, Louis Vuitton yilning oxirida sotilmagan sumkalarni yoqib yuboradi

Bu dizayner sotilmagan sumkalarni yoqib yuborishni afzal ko‘radi. Chunki uning fikriga ko‘ra qolib ketgan sumkalarni chegirmali narxlarda sotish brendning obro‘yiga zarar keltiradi va bu sumkalar urfdan qoladi.

3. Dunyodagi eng qimmat sumkaning narxi - 34,5 million dollar

House of Mouawad tomonidan yaratilgan “1001 Nights Diamond Purse” dunyodagi eng qimmat sumka sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Uning narxi 34,5 million dollarni tashkil qiladi.

4. Dastlab, sumkalar erkaklar uchun aksessuarlar hisoblangan

Bu haqida tarixda juda aniq isbotlar keltirilgan. Erkaklar birinchi bo‘lib sumkalardan narsalarni olib yurishda foydalanganlar. Afrikadagi ruhoniylar munchoqli sumkalari bilan mashhur edilar, qadimgi Misr iyerogliflarida esa, odamlar qo‘llarida sumkalar bilan tasvirlangan edi.

5. Qadimda sumkalar “Birsa” deb nomlangan

Qadimgi Yunonistonda odamlar o‘zlari sayohat qilish uchun sumkalardan foydalanishgan, odatda ularni o‘zlari yasagan va uni “birsa” deb nomlashgan. Va bu birsaga ozgina rang qo‘shgan birinchi rassom Polignoto de Thasos bo‘lgan.

6. Sumkalarning paydo bo‘lishi
Sumkalar dastlab XVIII asrda paydo bo‘lib, ular turli xil materiallardan jumladan, mo‘ynadan qilingan.

7. Cho‘ntaklar hamyondan keyinroq paydo bo‘lgan

Bugungi kunda kiyimlarimizni cho‘ntaklarsiz tasavvur qila olmaymiz. Ammo cho‘ntaklar hamyonlardan keyin paydo bo‘lgan. Birinchi bo‘lib cho‘ntaklar Louis XIV jaketlarida paydo bo‘lgan. Ungacha erkaklar hamyonlarini kamarlariga bog‘lab yurishgan, ayollar esa etaklariga bog‘lab yurishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ayollar sumkasi haqida biz bilmagan qiziqarli maʼlumotlar