06:00 / 30.01.2020
8 411

E’tiborli bo‘ling: bel og‘rig‘i uch kasallikdan xabar beradi

E’tiborli bo‘ling: bel og‘rig‘i uch kasallikdan xabar beradi
Janubiy Afrika Respublikasining Stellenbosh universiteti olimi beldagi og‘riq qanday kasalliklarni yashirishi mumkinligini ma’lum qildi.
Agar biror kishi bel og‘rig‘idan shikoyat qilsa, u saraton, osteoartrit yoki diabetdan aziyat chekayotgan bo‘lishi mumkin” deyiladi xabarda.

Bel og‘rig‘i suyak saratonining belgisi bo‘lishi mumkin. Olimlarning ta’kidlashicha, ichak, prostata, o‘pka va ko‘krak saratoni ham kuchli bel og‘rig‘iga sabab bo‘ladi. Bunday holda, o‘simta metastazlari umurtqa suyaklariga tarqaladi va natijada bel og‘rig‘i kelib chiqadi.

Yana bir xavfli tashxis bu qandli diabetdir”, deydi olim. So‘nggi tadqiqotlar natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, qandli diabet bilan og‘rigan odamlarda bel og‘rig‘i xavfi 35 foizdan ko‘proq. Olimning so‘zlariga ko‘ra, diabet xastaligiga chalingan bemorlar ko‘pincha asab va qon aylanishidagi muammolar tufayli surunkali bel og‘rig‘idan shikoyat qilishadi.

Bunday sharoitda insonlardan o‘z salomatliklariga e’tiborli bo‘lish va muntazam ravishda shifokor nazoratidan o‘tish tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » E’tiborli bo‘ling: bel og‘rig‘i uch kasallikdan xabar beradi