06:30 / 28.02.2020
3 612

Birgalikda mashhur turk lokumini tayyorlaymiz...

Birgalikda mashhur turk lokumini tayyorlaymiz...
Saroy lokumi
Nomidan ko‘rinib turibdiki, turklarning maxsus mehmonlari uchun tortiladigan mashhur shirinlik turi va u turk qahvasi bilan dasturxonga tortiladi.
Lokum uchun zarur masalliqlar
- 1 litr sut;
- 1,5 stakan un;
- 1,5 stakan shakar;
- Xona haroratida bo‘lgan 150 gr margarin;
- 1 quti vanilin;
- 1 stakan hindiston yong‘og‘i;
- funduk yong‘oqi va boshqalar.

Tayyorlanishi
Avval tovaga un, margarin solib hidi yo‘qolguncha qovuramiz. Keyin 1,5 stakan suv, shakar, 1 paket vanilinlarni ketma-ket solib, so‘ngra 1 litr sovuq sut qo‘shib, qaynab chiqqunga qadar yaxshilab aralashtirib turamiz. Bu vaqtda aralashmani qumoq bo‘lib qolishidan ehtiyot bo‘ling.

Hindiston yong‘og‘ini katta idishga solib va ustidan suv quyib qo‘ying. Sovutish uchun biroz xona haroratida saqlang, daqiqalar o‘tgach to‘liq sovutish uchun muzlatgichga qo‘ying.

Sovugan Hindiston yong‘og‘ini muzlatgichdan olib, tasma shaklida kesamiz. Bir qator chiziq olib ichiga yong‘oq qo‘yib o‘raymiz. So‘ngra ularning ustini funduk yong‘oqlari bilan bezatamiz.

Eslatma: agar bir kechaga muzlatgichda saqlasangiz, mazasi yanada yaxshiroq bo‘lganini ko‘rasiz. Yoqimli ishtaha.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Birgalikda mashhur turk lokumini tayyorlaymiz...