11:11 / 05.03.2020
3 109

JSST: “Yoshlarga kar bo‘lib qolish xavfi daxl qilmoqda!”

JSST: “Yoshlarga kar bo‘lib qolish xavfi daxl qilmoqda!”
Foto: www.google.com
Tungi klub, bar, kinoteatr, futbol maydoni va fitnes-markazlarida baland tovushda musiqa tinglash darajasining ortib borishi shifokorlarni xavotirga solmoqda. Hozirda dunyo bo‘yicha qariyb 1 milliarddan ziyod yoshlarga kar bo‘lib qolish xavfi daxl qilmoqda, deyiladi Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti ma’lumotlarida. Bu haqda Jahon eshitish kuniga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

JSST ma’lumotida bugun karlik va eshitish buzilishidan taxminan 466 million kishi aziyat chekayotgani keltirilgan, ulardan 40 millionini bolalar tashkil etadi. Taxminlarga ko‘ra, 2050 yilga borib eshitish qobiliyati buzilishidan qiynalayotganlar soni 900 millionga yetadi.

Irsiy buzilishlar, surunkali quloq infeksiyalari, qizilcha, qizamiq, tepki, meningit kabi qator kasalliklar, shuningdek, ayrim dori preparatlari va atrof-muhitning zararli ta’siri, birinchi galda, shovqin-suron karlikning asosiy sababi hisoblanadi”, — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » JSST: “Yoshlarga kar bo‘lib qolish xavfi daxl qilmoqda!”