07:00 / 09.03.2020
3 783

O‘zingizga yomon deb o‘ylagan narsa shoyad siz uchun yaxshi bo‘lsa

O‘zingizga yomon deb o‘ylagan narsa shoyad siz uchun yaxshi bo‘lsa

Ulkan tajriba, hurmat va mansabga ega doktor bilan uchrashdim. U menga yoshligida bo‘lgan voqeani hikoya qilib berdi:
«Men universitet talabasi edim. Bir kuni o‘qishga borish uchun taksiga o‘tirdim. Taksining barcha o‘rindiqlari band edi. Men haydovchining yoni: old o‘rindiqni egalladim.

O‘tirishim bilan bir kishi kelib eshikni ochdi. Bir og‘iz so‘z so‘zlamadi. Kiyimimdan ushlab meni tashqariga tortib, mashinadan chiqarib yubordi. Indamay o‘rnimga o‘tirdi. Uning yonida do‘sti ham bor edi.
U menga:
- Ukam, tush! - demadi. Allohga qasam, agar menga «Tush» desa tushardim. Xafa bo‘lmasdim. U meni chivinchalik ham ko‘rmadi. Pashshani haydagandek quvdi.

- Men o‘zimni xo‘rlangandek his qildim. Alamimdan o‘la yozdim. Allohga qasam, o‘sha dam yonimda qurolim bo‘lsa, jahl ustida uni o‘ldirishga tayyor edim.

Chidab bo‘lmas xorlik bu. Tibbiyot universitetining talabasi taksiga o‘tirsa-da, bittasi kelib «ha» yo‘q, «be» yo‘q irg‘itib yuborsa-da, indamay o‘rniga o‘tirib olsa?! Qanday bedodlik?!

U o‘tiriboq haydovchiga:
- Yur! - dedi. Haydovchi ham hech nima deyolmay haydab ketdi. Men yana boshqa mashinaga o‘tirish uchun naqd ikki soat kutdim. Keldi, o‘tirdim. Yo‘lda biz avtohalokatga uchraganlarni ko‘rdik. Zudlik bilan qutqarish maqsadida ular tomon yugurdik. Tasodifni ko‘rmaysizmi, bu o‘sha men tushirib yuborilgan mashina edi. Uning barcha yo‘lovchilari: beshovlari ham vafot etishgandi.

Subhanalloh!!!
Alloh o‘likdan tirikni, tirikdan o‘likni chiqaradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » O‘zingizga yomon deb o‘ylagan narsa shoyad siz uchun yaxshi bo‘lsa