15:50 / 12.03.2020
5 660

Shifokorlar virusni yengishga yordam beradigan mahsulotlar nomini ma’lum qildi

Shifokorlar virusni yengishga yordam beradigan mahsulotlar nomini ma’lum qildi
Foto: «1zoom.me»
Ispaniyada tibbiyot mutaxassislari chernika va sarimsoqni immun tizim faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, deb hisoblaydi. Bu haqda «La Vanguardia» gazetasi xabar berdi.

Zamburug‘, bakteriya va viruslarga qarshi kurashishda tabiat ne’matlari orasida, shubhasiz, sarimsoq yetakchilik qiladi. Undan keyingi o‘rinlarda E vitaminiga boy bodom va nafas yo‘llarini himoyalovchi chernika turadi.

Bundan tashqari, shifokorlar kurka yoki tovuq sho‘rva ichishni tavsiya etishadi. Chunki ular shamollaganda shilimshiq hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, beta-karotinga boy kartoshka hamda tarkibida kletchatka, antioksidant, mineral va vitaminlar ko‘p bo‘lgan brokkoli iste’mol qilish lozim.

Ro‘yxatga, shuningdek, qo‘ziqorin, qora shokolad, anor, kivi, papayya, ismaloq, undirilgan bug‘doy maysasi, ustritsa, mollyuska va sitrus mevalar kiritilgan.
Ziravorlardan zanjabil bilan kurkuma, ichimliklardan ko‘k choy bilan kefir immunitetni mustahkamlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shifokorlar virusni yengishga yordam beradigan mahsulotlar nomini ma’lum qildi