09:13 / 21.03.2020
15 750

Seksolog xiyonatkor erkaklarning asosiy belgisini aytdi

Seksolog xiyonatkor erkaklarning asosiy belgisini aytdi
O‘z tashqi ko‘rinishi va chiroyiga haddan ziyod e’tibor beradigan erkaklar boshqalarga qaraganda xiyonat qilishga ko‘proq moyil bo‘ladi. Bu haqda NSN’ga bergan intervyusida shifokor-psixoterapevt, seksolog Aleksandr Poleyev ma’lum qildi.

Uning fikriga ko‘ra, erkaklarda go‘zal bo‘lib ko‘rinish xohishi va xiyonat qilishga moyillik o‘rtasidagi bog‘liqlik mavjud.

Sartaroshxonalarga tez-tez boradiganlar - bu haddan ziyod o‘zlariga qaraydigan erkaklardir. Ular orasida, go‘zallik salonlariga kamdan-kam tashrif buyuruvchilarga qaraganda, jazmani bor erkaklarning foizi shubhasiz yuqori” – deb hisoblaydi Poleyev.

Ayrim erkaklarda soqol mo‘ylarining qattiqligi, ularda testosteron yuqoriligi tufaylidir, deya ta’kidlaydi ekspert.
Ehtimol, shuning uchun ular ko‘proq xiyonat qilishi mumkin”, - deb taxmin qildi u.

Poleyev ta’kidlashicha, shunga o‘xshash tendensiya kiyim-kechak do‘konlariga tez-tez boradigan erkaklar orasida ham kuzatiladi.
"Statistikaga ko‘ra, u yerga tez-tez boradigan erkaklarda ayollari ko‘p bo‘ladi", - deydi seksolog.

Shuning uchun bu masalaga ehtiyotkorlik bilan yondashish zarurligi talab qilinadi, chunki o‘ziga qarash istagi bilan ehtimol, erkak o‘z sevgilisiga yoqishni xohlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Seksolog xiyonatkor erkaklarning asosiy belgisini aytdi