07:14 / 30.03.2020
2 929

Issiq vanna yurak xuruji va insult xavfini kamaytiradi

Issiq vanna yurak xuruji va insult xavfini kamaytiradi
Yaponiyalik olimlar issiq vanna qabul qilish qon bosimini pasaytirib, yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfini kamaytirishini va yurak xuruji hamda insultni oldini olishini ma’lum qildi. Bu haqda Daily Mail'ga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qiladi.

Osaka universiteti tadqiqotchilari 19 yil davomida 45 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan 43 mingdan ortiq yaponiyaliklarning sog‘lig‘i va odatlarini o‘rganishdi.

Ular issiq vannani tez-tez qabul qilish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini 28 foizga kamaytirishini aniqlashdi. Shu bilan birga, issiq suvli vanna yurak kasalligi xavfini 36 foizga, suvi iliq vanna esa 26 foizga kamaytirishi ma’lum qilindi. Umuman olganda, odamlar qanchalik ko‘p yuvinsalar, qon tomirlari va yurak sog‘lig‘iga shunchalik yaxshi ta’sir qiladi, deyiladi olimlar xulosasida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Issiq vanna yurak xuruji va insult xavfini kamaytiradi