12:25 / 02.04.2020
3 195

730.000 like: bunga nima sabab bo'ldi?

730.000 like: bunga nima sabab bo'ldi?
Koronavirus infeksiyasi ko‘plab homilador ayollarning tug‘ish rejalarini o‘zgartirib yubordi va hatto yangi chaqaloqlarning uyda dunyoga kelishiga sabab bo‘lmoqda.

Yuqoridagi surat 10 kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda qalblarni zabt etgan. Kichik Faolan 14 mart, shanba kuni Irlandiyaning Drogxeda shahrida tug‘ildi. Bobosi birinchi nabirasini derazadan ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi. U kichkintoyga oynadan 10 daqiqa tikilib turdi. Go‘dakni ko‘rib turgan, ammo bir muddat uni ushlab, ko‘tarish baxtidan mosivo bo‘lish bobosi uchun juda og‘ir holat, deydi onasi Emma Dillon Gallagher.

Buyuk Britaniyada yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning ota-onalari singari, Emma va uning eri Maykl 14 kun davomida alohida yashashdi, oila a’zolari tashrif buyurganlarida esa deraza oldida navbat bilan turishdi. Yuqoridagi uch avlodning masofaviy suratiga ijtimoiy tarmoqlarda 730.000 like bosildi.

Bugungi kunda koronavirus infeksiyasi tufayli bunday holatlar ko‘plab kuzatilmoqda. Tug‘ruq jarayonini jarrohlik operatsiyasi bilan o‘tkazuvchi onalar bu holatdan ko‘proq aziyat chekmoqda. Ularning salomatligiga uy sharoitida qat’iy e’tibor qaratilib, tug‘ruq jarayoni imkon bo‘lsa uyda yoki nazorat ostida kasalxonalarda o‘tkazilmoqda. Zaruratga ko‘ra ona va uning yaqinlari karantin holatiga olinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 730.000 like: bunga nima sabab bo'ldi?