12:06 / 03.04.2020
2 156

Karantin paytida ko‘p ovqat yeb, semirib ketmaslik uchun 7 tavsiya

Karantin paytida ko‘p ovqat yeb, semirib ketmaslik uchun 7 tavsiya
Foto: Cosmopolitan
Uyda o‘tirganda inson xohlab yoki xohlamay ko‘p ovqat yeb qo‘yadi. Bezarar tuyuladigan bu odat ortiqcha vazn to‘plashga olib kelishi mumkin. Quyida bu yomon odatdan qanday qutulish haqida so‘z yuritamiz.

Kichkina qadoqdagi yeguliklar sotib oling
Biron yegulikni oxirigacha yeb qo‘yishga odatlangan bo‘lsangiz, imkon qadar kichikroq qadoqdagi mahsulotni sotib oling. Shunda sevimli mahsulotingizni kam porsiyada yeyishga muvaffaq bo‘lasiz.

To‘g‘ri, keyingi qadoqni ochish ham mumkin, lekin buning uchun ortiqcha harakat talab qilinadi, bu paytda siz bunday qilish kerak emasligi haqida o‘ylab ko‘rasiz.

Kichik likopchalardan foydalaning
Ko‘p ovqat yeyishimizga ba’zan katta o‘lchamdagi kosa va likopchalar ham sabab bo‘ladi. Shuning uchun uydagi idishlarni kichikroq o‘lchamdagisi bilan almashtirish zarar qilmaydi. Shu tarzda ko‘zlar va miyani alday olasiz, likopcha to‘la ovqat bo‘lsa-da, ortiqcha yeb yubormaysiz.

Zararli yeguliklarni foydali mahsulotlar bilan almashtiring
Agar sho‘r mazaga ega chipslarni yoqtirsangiz, uning sog‘lom muqobilini topsangiz bo‘ladi.
Masalan, quritilgan olmali chipslar yoki boshqa quruq mevalar. Sho‘r narsalarni iste’mol qilishni kamaytirish salomatligingizga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Yaxshi ko‘rgan yeguliklaringizni uzoqroqqa yashirib qo‘ying
Muzlatgich yoki shkafni ochib, yoqtirgan yeguligingizni ko‘rib qolgudek bo‘lsangiz, qo‘llaringiz beixtiyor o‘sha tomonga uzatiladi. Bunday yeguliklarni ko‘zdan yiroqda saqlang, foydasini tezda sezasiz. Mutaxassislarning tadqiqotlariga ko‘ra, ochiq turgan konfet idishidan, yopiq turgan konfet qadog‘idan 2,2 baravar ko‘proq shirinlik olib yeyiladi.

Sekin yeyishga o‘rganing
Ovqatni chaynashga qancha ko‘p vaqt ajratsangiz, miyada to‘qlik hissini tuyish uchun shuncha vaqt bo‘ladi. Tadqiqotlar ovqatni sekin yeydigan insonlar semirishga kamroq moyil bo‘lishini ko‘rsatgan.

Faqat och qolganingizda biron narsa yeng
O‘ylamasdan ovqat yeyaverish ochlik hissi qanchalik haqqoniy ekanligini aniqlashga xalal beradi. Ochlik darajasini 1 dan 10 gacha baholang. 1-darajada ochlik hissi yo‘q bo‘ladi, 10-darajada esa biron narsa yeyish mumkin.

Televizor oldida ovqatlanmang
Televizor ko‘rayotib yoki kompyuter qarshisida o‘tirib ovqat yemang. Ovqatlanayotganingizda taom mazasini his eting, shunda jarayondan lazzatlanib, to‘yganingizni sezasiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Karantin paytida ko‘p ovqat yeb, semirib ketmaslik uchun 7 tavsiya