06:50 / 27.04.2020
3 437

Saharlikka odjahuri tayyorlang. Gruzincha mazali taom retsepti

Saharlikka odjahuri tayyorlang. Gruzincha mazali taom retsepti
Foto: Getty Images
Gruzinchadan «oila» deb tarjima qilinadigan ushbu taom darhaqiqat barcha oila a’zolari uchun ayni muddao.
Taom uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
mol go‘shti — 900 gr;
kartoshka — 800 gr;
piyoz — 300 gr;
qizil, achchiq bulg‘ori qalampiri — 1 dona;
anor — 50 gr;
tuz — 1 choy qoshiq;
ta’bga ko‘ra murch;
sariyog‘ — 50 gr;
o‘simlik yog‘i — 3 osh qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni:
1. Go‘shtni, taxminan, 4 sm qalinlikda to‘g‘rang.
2. Tovani qizdirib, o‘simlik yog‘i soling va to‘g‘​ralgan go‘shtni baland olovda tillarang bo‘lgunicha qovuring.
3. Keyin olovni pasaytirib, suv soling va dimlab qo‘ying.
4. Kartoshkani yirik qilib to‘g‘rang.
5. Kartoshkani alohida tovada sariyog‘ga solib qovuring.
6. Qolgan sabzavotlarni ham to‘g‘rang.
7. Go‘shtni kartoshkaga aralashtiring, qolgan sabzavot, ko‘kat va zirvorlarni soling.
8. Oxirida kinza soling va 5 daqiqaga dimlab qo‘ying.
Yoqimli ishtaha!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Saharlikka odjahuri tayyorlang. Gruzincha mazali taom retsepti