21:04 / 06.05.2020
2 481

Britaniya hukumati iyuldan aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni to‘xtata boshlaydi

Britaniya hukumati iyuldan aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni to‘xtata boshlaydi
Foto: Sputnik / Aleks Maknoton
Buyuk Britaniya hukumati iyuldan pandemiya sababli vaqtincha ishsiz qolgan aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralarni to‘xtatishni boshlaydi. Bu haqda The Times gazetasi xabar berdi.
Nashrning ma’lumot berishicha, bu borada mamlakat moliya vaziri Rishi Sunak kelasi haftada rasmiy bayonot beradi.

Britaniya vazirlar mahkamasi mart oyida pandemiya sababli faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatgan korxonalar ishchilariga maosh to‘lanishini ta’minlashi haqida e’lon qilgandi. Mamlakat hukumati ularga maoshining 80 foizini, ammo bir kishiga bir oyda 2,5 ming funt sterlingdan ko‘p bo‘lmagan mablag‘ to‘lanishini ta’minlaydi.

Ma’lum bo‘lishicha, hozirda majburiy ta’tilga chiqarilgan 6,3 mln xodim davlatdan to‘lov olmoqda. Ushbu dastur uchun dastlabki bir oyda sarflangan mablag‘ 8 mlrd funt sterlingdan (qariyb 10 mlrd dollar) oshib ketgan.

Nashrning yozishicha, mamlakat moliya vazirligi iyulda karantin sababli ishsiz qolgan britaniyaliklar uchun to‘lovning maksimal miqdorini pasaytirishni rejalashtirmoqda. O‘sha paytga kelib 23 martda kiritilgan cheklov choralari bekor bo‘lishi va ko‘pchilik ishga qaytishi kutilmoqda.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada koronavirusga chalinganlar soni 196 mingdan oshgan, 30 mingga yaqin kishi vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Britaniya hukumati iyuldan aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni to‘xtata boshlaydi