21:36 / 06.05.2020
3 782

Iftorlikka qovurma manti tayyorlang

Iftorlikka qovurma manti tayyorlang
Foto: «Chayxona.uz»
Iftorlik dasturxonini tansiq taom bilan bezashni istagan, ammo nima pishirishga boshi qotganlar uchun qovurma manti retseptini havola etamiz.

Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
- Go‘sht — 500 gr
- Piyoz— 300-400 gr
- Tuz va ziravorlar —ta’bga qarab

Xamiriga:
- Iliq suv — 1 piyola
- Un — 500-600 gr
- Tuz

Tayyorlanish jarayoni:
- Xamir uchun kerakli mahsulotlarni qo‘shib xamir qoring, ustini yopib 1 soat tingani qo‘ying.
- Piyoz va go‘shtni mayda to‘g‘​rab, tuz va murch qo‘shib aralashtiring.
- Xamirni mantiga kerakli shaklda yoying.
- Xamir bo‘laklarini go‘shtli aralashma bilan to‘ldiring.
- Tovaga yog‘ solib qizdiring. Yog‘, mantilar tovaga solinganida ustini qoplashi kerak.
- Yaxshilab qovurib olgach, ustini yopib past olovda dimlang.
- Tayyor mantilarni qatiq yoki suzma bilan dasturxonga tortish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Iftorlikka qovurma manti tayyorlang