03:00 / 10.05.2020
23 300

Ayol kishi o‘z eriga nima deb murojaat qilishi kerak?

Ayol kishi o‘z eriga nima deb murojaat qilishi kerak?
Savol:
Yoshligimizda kattalar ayrim ishlarni "yomon bo‘ladi", deb qaytarishardi. Keyin bilsak, ular dinimizda harom va makruh bo‘lgan amallardan qaytarishgan ekan. O‘zlarining amal qilishlariga o‘sha "yomon bo‘ladi" yetarli bo‘lgan ekan. Bugun ana shunday "yomon bo‘ladi"gan ishlardan birining hukmini ko‘rib qoldim. Qizig‘i bunday oddiy masalaga aqli va fikri o‘tkir fuqaholarimiz Qur’oni karimdan ham dalil olishgan ekan.
Mana o‘sha masala:
Savol: Erni ismini aytib murojaat qilishning hukmi nima?
Javob:
"Durrul muxtor"da shunday deyiladi: "Ayol erini ismi bilan chaqirsa makruh bo‘ladi". Buni sharhlab Ibn Obidiyn rahimahulloh o‘z "Hoshiya"larida shunday yozadilar: "Erga murojaat qilishda hurmatlashni ifodalaydigan "xo‘jayin" yoki shunga o‘xshash lafz ishlatish lozim. Usmon ibn Ato o‘z otasidan rivoyat qiladi: Said ibn Musayyibning xotinlari: "Bizlar erlarimizga, sizlar amirlaringizga so‘zlaganingizdek so‘zlar edik, Alloh isloh qilgur, ofiyat bergurlar", degandilar.

Ummu Dardo Jahmiyya erlari Abu Dardo roziyallohu anhudan hadis rivoyat qilsalar: "Menga sayyidim (xo‘jam) hadis aytdilar", deb boshlar edilar.

Imom Navaviy "Sahihi Muslim"ning sharhida: "Menga Ummu Dardo hadis aytdi: "Menga xo‘jam hadis aytdi", degan joyini shunday izohlaydilar: "Ya’ni, "xo‘jam"dan murod erlari Abu Dardodir. Bundan ayol erini xo‘jam, (yo xo‘jayinim) deyishi joiz ekani bilinadi". Bunga o‘xshash narsa Qur’onda ham bor. "Eshik oldida u(xotin)ning xo‘jayiniga duch kelishdi" ("Yusuf" surasi, 25-oyat). "Xo‘jayini" - eri degani".

Alloh oldingi ayollarni rahmat qilsin! Ummatga ulardan yaxshi o‘rinbosarlar qoldirsin!

Mubashshir Ahmad

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ayol kishi o‘z eriga nima deb murojaat qilishi kerak?