18:27 / 28.05.2020
1 913

Har bir bola uchun - mas’ulmiz!

Har bir bola uchun - mas’ulmiz!
“1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Majburiy ijro byurosi Buxoro viloyat boshqarmasi organlari tomonidan aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari yuzasidan oilalarni yarashtirish, ishsiz qarzdorlarni ishga joylashtirish, aliment qarzini to‘lashdan bo‘yin tovlayotgan qarzdorlarning javobgarlik masalasini hal etilishi va aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lanishiga oid targ‘ibot-tashviqot tadbirlari keng amalga oshirilmoqda.

Aliment to‘lovlari – bu avvalambor voyaga yetmaganlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Bugungi vaziyatda har birimiz farzandimizni uyda saqlashga majburmiz. Aliment pullari karantinda uyda qolayotgan farzand uchun muhimdir.
Buxoro shahar bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining 22.09.2017 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor J.Samadov undiruvchi Z.Zakirova foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandlarining ta’minoti uchun voyaga yetguniga qadar oylik daromadining ½ qismi miqdorida, biroq eng kam ish haqining 1/3 qismidan kam bo‘lmagan miqdorda oy sayin aliment undirib borish to‘g‘risida ijro hujjati mavjud.

Targ‘ibot tadbirlari davomida karantin davrida uyida qolayotgan farzandlari uchun qarzdor J.Samadov 30,5 mln. so‘m aliment to‘lovlarini undiruvchi Z.Zakirovaga to‘lab berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Har bir bola uchun - mas’ulmiz!