11:23 / 06.06.2020
3 008

Niqobni quloqni og‘ritmasdan taqishning usuli topildi

Niqobni quloqni og‘ritmasdan taqishning usuli topildi
Taniqli sartarosh va bloger Oliviya Smolli tibbiy niqoblarni quloqni og‘ritmagan holda taqishning oddiy usulini o‘rgatdi. Ayol bu boradagi rolik bilan o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali bo‘lishdi.

Kadrda yuziga tibbiy niqob taqib olgan qizni ko‘rish mumkin. Uning sochlari boshining orqa qismiga yig‘ilgan. Sartarosh niqob rezinasini biroz tortib, to‘g‘nog‘ich yordamida uni sochlariga qistirib qo‘ygan. Ayol niqobning narigi tarafini ham shunday qilgan.

Foydalanuvchilar Oliviya n
amoyish etgan usulning oddiyligi va ajoyibligini yuqori baholamoqda. Ularning ta’kidlashicha, bu kabi usul yoqimli va amalda qo‘l keladi, biroq bu faqat sochi uzun insonlarga foyda beradi.

Manba: Daryo

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Niqobni quloqni og‘ritmasdan taqishning usuli topildi