19:07 / 06.06.2020
3 727

Alloh Sizni asrasin!

Alloh Sizni asrasin!
Yomonga yor bo‘lishdan,
Ochilmayin so‘lishdan,
Baxtsiz bo‘lib qolishdan,
ALLOH Sizni asrasin!

Do‘st atalmish dushmandan,
Rost atalmish yolg‘ondan,
Makkora bir Ilondan
ALLOH Sizni asrasin.

Yaratganning qahridan,
Jonivorlar zahridan,
Suyganingiz makridan,
ALLOH Sizni asrasin.

Sabr toqat torlikdan,
Shirin so‘zga zorlikdan,
Ikki dunyo xorlikdan
ALLOH Sizni asrasin.

Ig‘vo, fitna, tuhmatdan,
Qalbi qora ulfatdan,
Bevaqt kelgan kulfatdan,
ALLOH Sizni asrasin.

Orzular sarobidan,
Armonlar girdobidan,
Dushmanning ko‘zidan,
Tuhmatchining so‘zidan,
Bevafoning o‘zidan
ALLOH Sizni asrasin!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Alloh Sizni asrasin!