10:23 / 29.06.2020
5 696

Soch to‘kilishining 8 sabab va yechimi

Soch to‘kilishining 8 sabab va yechimi
Soch to‘kilishi o‘z-o‘zidan yuz bermaydi. Uning sabablari turlicha bo‘lishi mumkin.

1. Telogen effluvium
Ushbu lotincha nom telogen bosqichida soch to‘kilishini anglatadi. Bunda farzand dunyoga kelganidan keyingi garmonlar o‘zgarishi natijasida 4-6 oy davomida yoki stress va jarrohlik amaliyotidan keyin kuzatiladi.

Nima qilish kerak?
Tug‘ruq yoki jarrohlik amaliyotidan keyin shunchaki kutishga to‘g‘ri keladi. Agar muammo dori bilan bog‘liq bo‘lsa, ularni o‘zgartirish tavsiya qilinadi. Stress sabab bo‘lsa, iloji boricha asabiylashmaslik, sevimli mashg‘ulot bilan mashg‘ul bo‘lish kerak.

2. Irsiyat
Soch to‘kilishi irsiy bo‘lishi va asosan 25-30 yoshdan keyin kuzatilishi mumkin. Muammo gen bilan bog‘liq yoki yo‘q ekanini shifokor biopsiya qilish orqali aniqlashi mumkin.

Nima qilish kerak?
Muammo nasliy bo‘lsa, uni butunlay to‘xtatish mushkul, ammo jarayonni sekinlashtirish uchun shifobaxsh vositalardan foydalanish mumkin.

3. «Volchanka»
Ushbu kasallikdan keyin immun tizimining susayishi kuzatiladi va bu soch to‘kilishiga ham olib keladi. «Volchanka»ni qon tahlili orqali aniqlash mumkin.

Nima qilish kerak?
Shifokor tavsiyalariga amal qilish kerak.

4. Anemiya
Temirga boy bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilmaslik va boshqa bir qancha sabablardan kelib chiqadigan kamqonlik ham soch to‘kilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Kamqonlikda soch to‘kilishidan tashqari diqqat yo‘qolishi, charchash va holsizlik ham kuzatiladi.

Nima qilish kerak?
Qon tahliliga asosan, shifokor muolaja yozib beradi. Bundan tashqari temirga boy mahsulotlar, go‘sht, baliq va donli taomlar iste’mol qilish kerak.

5. Polikistoz
Polikistoz sabab bo‘lishi kerak bo‘lmagan tana qismlarida soch o‘sishi va aksincha boshdan esa to‘kilishi kuzatilishi mumkin.

Nima qilish kerak?
Shifokor testesteron miqdorini kamaytiradigan va yoqimsiz simptomlarni bartaraf etadigan dorilar yozib beradi, ularni o‘z boshimchalik bilan qabul qilmaslik kerak.

6. Bosh terisidagi muammo sabab
Qazg‘oq, turli dermatit va infeksiyalar bosh terisi yallig‘lanishiga sabab bo‘lishi mumkin va bu bevosita soch o‘smasligiga olib keladi.

Nima qilish kerak?
Muammo qazg‘oqda bo‘lsa, unga qarshi maxsus shampundan foydalanish, boshqa muammolarning ham birinchi aynan nima ekanini bilib, shunga qarab vositalarni qo‘llash kerak.

7. Alopetsiya
Immun sistemasi bilan bog‘liq ushbu kasallik soch follikullariga ham ta’sir ko‘rsatmay qo‘ymaydi. Kasallik kelib chiqishining eng asosiy sabablaridan biri stress bo‘lishi mumkin bo‘lib, alopetsiyaning uch xil — o‘choqli, umumiy va universal turlari bor.

Nima qilish kerak?
Shifokor ko‘rsatmasiga binoan steroid va medikamentlar qabul qilish kerak.

8. Faol parvarish
Shampun, fen va turmak uchun mo‘ljallangan vositalardan ortiqcha foydalanish soch to‘kilishining yana bir sabablaridan biri hisoblanadi. Bunda soch zaif va mo‘rtlashib, to‘kila boshlaydi.

Nima qilish kerak?
Fendan foydalanishda iliq haroratda bo‘lishiga e’tibor bering, soch uchun mo‘ljallangan dazmollardan esa iloji boricha foydalanmaslik, soch rangini o‘zgartiravermaslik tavsiya qilinadi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Soch to‘kilishining 8 sabab va yechimi