23:26 / 11.07.2020
3 228

Olimlar pullar insonlarga oldingidan ko‘ra ko‘proq baxt olib kelishini aniqladi

Olimlar pullar insonlarga oldingidan ko‘ra ko‘proq baxt olib kelishini aniqladi
Foto: «Oxu.az»
Kaliforniyadagi San-Diyego universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, bugungi kunda pullar odamlarga ko‘proq baxt olib kelishi mumkinligi aniqlandi. Baxt va ijtimoiy-iqtisodiy holatning asosiy ko‘rsatkichlari, shu jumladan, daromadlar va ta’lim o‘rtasidagi bog‘liqlik barqaror o‘sib bormoqda, deb yozadi Medical Xpress.

Ekspertlar 44 mingdan ortiq amerikalikning 1972 yildan 2016 yilga qadar bo‘lgan ma’lumotlarini tahlil qilib chiqqan. Odamlarning daromadi va ularning hayotdan qoniqish darajasi taqqoslangan. Ma’lum bo‘lishicha, daromad qancha yuqori bo‘lsa, odamlar shuncha baxtli bo‘ladi.

Bunga qadar insonning yillik daromadi 75 ming dollardan oshganidan so‘ng pullar baxt darajasiga ta’sir ko‘rsatmaydi deya hisoblab kelingan.
«Men baxtning pulga bu qadar bog‘liqligini ko‘rib hayron bo‘ldim va ko‘pchilik ishonganidek, ma’lum bir daromaddan keyin u platoga chiqmaydi. Barcha ehtiyojlar qondirilganidan keyin ham baxt darajasi o‘sa boshlaydi», — deydi tadqiqot mualliflaridan biri, psixolog Jin Tvenj.

Tadqiqot natijalari ko‘proq daromadga ega insonlar baxtliroq ekanligini isbotlagan.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar pullar insonlarga oldingidan ko‘ra ko‘proq baxt olib kelishini aniqladi