18:20 / 21.08.2020
1 998

Moddalar almashinuvi tezlashishi uchun nonushtada iste’mol qilish zarur bo‘lgan mahsulotlar

Moddalar almashinuvi tezlashishi uchun nonushtada iste’mol qilish zarur bo‘lgan mahsulotlar
Foto: «Domashniy ochag»
Barcha ovqatlanish mutaxassislari hazm qilish jarayonini tezlashtirishni xohlaydiganlarga beradigan eng muhim maslahati – bu nonushtani o‘tkazib yubormaslik. Metabolizm soat kabi ishlashi uchun barcha olingan kaloriyalar energiya ishlab chiqaradi va allaqachon to‘plangan yog‘lar asta-sekin «eriydi». Kunning birinchi taomlari to‘yimli bo‘lishi va uyg‘ongandan keyingi birinchi soatdan kechiktirmay uni iste’mol qilish kerak. «Domashniy ochag» nonushta uchun eng foydali bo‘lgan taomnoma haqida tavsiya beradi.

Meva va yong‘oq bilan suli bo‘tqasi
Bu nonushta barcha kerakli ozuqa moddalariga ega va juda to‘yimli. Suli bo‘tqasi – bu sekin uglevodlar bo‘lib, ular uzoq vaqt davomida to‘yish hissini saqlab turadi va yong‘oq tarkibida oqsillar ko‘p. Shuning uchun organizm qayta ishlash uchun ko‘proq energiya sarflashi kerak va shunda kaloriyalar ko‘proq yonadi.

Pomidor va piyoz bilan qovurilgan tuxum
Tuxum – nonushta uchun doimgi bitta mahsulot. Oqsillar yuqori bo‘lishi tanani uzoq vaqt to‘yintiradi va metabolizmga yordam beradi, past kaloriya esa qomatni saqlaydi. Yaqinda o‘tkazilgan meta-tadqiqot natijalari tuxum iste’mol qilish yurak va qon tomirlari uchun xavfsizligini tasdiqladi va shifokorlar yangi pomidor va piyoz bilan qovurilgan tuxumni yurak-qon tomir tizimi uchun eng foydali bo‘lgan nonushta deb atadi.

Meva bilan yunoncha yogurt
Agar siz o‘z qomatingizga jiddiy munosabatda bo‘lsangiz, buni yog‘li sut mahsulotlarisiz qila olmaysiz. Organizm normal ishlashi uchun to‘yinmagan va sut yog‘lariga ehtiyoj bor. Yunon yogurti yog‘larga boy va unda metabolizmni kuchaytirish uchun oqsillar miqdori yuqori. Qizil va qora mevalar, hatto muzlatilgan bo‘lsa ham, yog‘larni eritish jarayonini tezlashtiradigan ko‘plab maxsus antioksidantlarni saqlab qoladi.

Avokado
Bu nonushta shoshilinch uydan chiqib ketishi kerak bo‘lgan va to‘liq ovqat tayyorlashga vaqt topmaydiganlar uchun qo‘l keladi. Avokadoni birga olib yurib, har qanday bo‘sh daqiqada ovqatlanish mumkin. Ayniqsa qish uchun bu juda yaxshi variant: sabzavotga boy omega-3 yog‘lari teriga qishning quruq sovug‘ini yengishda yordam beradi.

Ko‘k choy va limonli suv
Qat’iy aytganda, bu nonushta emas, lekin ushbu ichimliklar har kuni ichishga arziydi. Bir tilim limon yoki limon sharbati qo‘shilgan suv tanada bir kechada yo‘qolgan namlikni qaytaradi va metabolizmni «uyg‘otadi». Ko‘k choyni ovqatlanish oxirida ichgan yaxshiroq. Uning tarkibidagi antioksidantlar metabolizmni tezlashtiradi va tanadagi yog‘larni eritishga yordam beradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)