21:08 / 01.09.2020
3 070

Husnbuzar, yuz terisining quruqlashishi organizmdagi qaysi muammolardan ogohlantiradi?

Husnbuzar, yuz terisining quruqlashishi organizmdagi qaysi muammolardan ogohlantiradi?
Foto: Getty Images
Ba’zida inson terisi hatto o‘ziga dushmandek tuyuladi. Masalan, ajinlar, yog‘lanish, ko‘z ostidagi ajinlar tashqi ko‘rinishni buzishi hamda yosh borasidagi sirni ham sotishi turgan gap. Ammo hammasi aksincha bo‘lib chiqadi. Sababi ular gormonlar, ichki a’zolar va uyqu bilan bog‘liq bo‘lgan jiddiy muammolardan darak beradi.

Shuning uchun terida ochiq-oydin namoyon bo‘layotgan belgilarni berkitishdan ko‘ra, uni sababi va davosini topib, muammoni hal qilish yaxshiroq. Marhamat, yuz terisi qanday muammolardan ogohlantirishi haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ling.

Husnbuzar
Husnbuzar odatda o‘spirinlik davrida tez-tez uchraydigan hodisa deb hisoblanadi, ammo bu keyinchalik ham saqlanib qoladigan holat. Chindan ham agar o‘smirlar uchun tabiiy holat bo‘lsa, kattalar uchun bu odatda gormonlar bilan bog‘liq muammolarni ko‘rsatadi. Bunday toshmalar odatda yanoq va iyak sohasida bo‘lib, to‘q qizil ko‘rinishda bo‘ladi. Agar shunga o‘xshash muammo sezila boshlansa, gormonlar bo‘yicha tekshiruvdan o‘tish kerak. Shuningdek, teri yallig‘lanishi uchun maxsus vositalarni qo‘llash tavsiya etiladi.

Erta qarishning belgilari
Yuzda ajinlar paydo bo‘lib, taranglik tobora yo‘qola boshladimi? Ehtimol, terining hujayra almashinuvi buzilgan bo‘lishi mumkin. Yordamni kollagen ishlab chiqarishni yaxshilaydigan va hujayralardagi modda almashinuvi jarayonlarini amalga oshiradigan ovqatlardan topish mumkin. Bundan tashqari, quyoshdan himoya qiluvchi kremlardan foydalanish zarur. Chunki quyosh yosh va sog‘lom teri uchun xavfli hisoblanadi.

Nosog‘lom qizarish
Yorqin qizil yanoqlar terining himoya qiluvchi qatlami zararlanishidan bo‘lishi mumkin. Bunda parvarish qilish uchun yumshoq, mayin, ko‘pik yoki yuz uchun loson, faol namlantiruvchi kremdan foydalanish tavsiya etiladi. Ular terining himoya xususiyatlarini tiklashga yordam beradi va qizarish muammosi o‘z-o‘zidan hal bo‘ladi.

Ko‘z ostidagi xaltachalar
Ushbu faktga aslo qarshi chiqib bo‘lmaydi, ko‘z ostidagi xaltachalar ovqatlanish tizimida yoki uxlash bilan bog‘liq muammolarni ko‘rsatadi. Allergiya, chekish yoki ortiqcha tuz iste’mol qilish ham ushbu noxush nuqsonga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday holda kun tartibi qayta tuzilish kerak, avvalo, ovqatlanish reja asosida amalga oshirilishi tavsiya etiladi. Shuningdek, sog‘lom uyqu kuniga kamida 7 soat davom etishi kerak.

Quruq teri
Inson o‘zida teri quruqligini his qila boshlaydi. Bunday paytda tana suvsizlangan bo‘ladi. Buning ortidan tanada qarish tezlashadi, ajinlar tushishi ko‘payadi. Buning oldini olish uchun ko‘proq suyuqlik ichish va yuzga namlantiruvchi krem surish kerak.

Ko‘z ostidagi qora dog‘
Ehtimol buni uyqusizlikka bog‘laydiganlar ham bor. Lekin bunday emas. Bunday terining yuzasiga yaqin bo‘lgan qon tomirlari sababchi bo‘lishi mumkin. Albatta, buni maxsus kremlar orqali niqoblash mumkin, lekin ularning davolash ta’siri yo‘q. Shuning uchun bunday xususiyatni oddiygina qabul qilish kerak.

Qora dog‘
Giperpigmentatsiyaning asosiy sababi quyosh nurining agressiv ta’siridir. Shuning uchun quyosh nuridan himoya qiluvchi eng sifatli 50 SPF kremlardan doimiy foydalanish tavsiya etiladi. Shu orqali yuzga tushishi mumkin bo‘lgan xira va qoramtir dog‘larning oldini olish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Husnbuzar, yuz terisining quruqlashishi organizmdagi qaysi muammolardan ogohlantiradi?