21:16 / 07.09.2020
4 541

Bel og‘rig‘iga sabab bo‘luvchi zararli odatlar

Bel og‘rig‘iga sabab bo‘luvchi zararli odatlar
Foto: «Domashniy ochag»
Bel og‘rig‘i faqatgina yoshi katta insonlarda uchramaydi. U kuni bilan o‘tirib ishlovchi kasb egalari va qomatini noto‘g‘ri tutib yuradiganlar orasida ham kuzatiladi. Kasallikni bartaraf etishning tabiiy usullari mavjud, buning uchun zararli odatlardan voz kechish kifoya.

Qomatni bukish
Doim aytilganidek, qomatni bukish salomatlik uchun zararli bo‘lgan odatlardan biri. Agar takroriy ravishda yelka oldinga egilib yursa, bel qismidagi ichaklarning siqilishi paydo bo‘ladi. Boshdan kechirilayotgan og‘riqlar avval himoya mexanizmida ro‘y beradi va shu tarzda mushaklar insonni jiddiy muammolar paydo bo‘lishidan oldin gavda holatini o‘zgartirishning belgisini beradi. Umurtqa pog‘onasining tabiiy egilishi va gavdani tekis tutishga yordam berish uchun orqa tananing pastki qismiga qattiq yostiq qo‘yish tavsiya etiladi.

Bir tirsakka suyanish
Agar inson ko‘pincha o‘ng yoki chap tirsakka suyanishga odatlangan bo‘lsa, og‘irlik notekis taqsimlanadi va mushaklarga qiyinchilik tug‘diradi, yana ichaklarning siqilishi kuzatiladi. Bundan tashqari, bitta qo‘lga yuklatiladigan jismoniy harakat «tennis tirsagi sindromi» kasalligini keltirib chiqarishi mumkin. Bu holatda ko‘pincha tirsakning oson shikastlanishi yoki qattiq og‘rishi kuzatiladi. Shuning uchun ishlash jarayonida tirsak va qo‘llarni kursining suyanchig‘iga qo‘yish kerak, u aynan og‘irlikni to‘g‘ri taqsimlashda qulaylik yaratish uchun moslashtirilgan.

Boshni oldinga egish
Ko‘pincha kompyuter yoki telefondan nimadir tomosha qilinayotganda tana o‘z-o‘zidan egilib ketadi. Bu albatta, xavfli. Voyaga yetgan insonning bosh og‘irligi 4-5 kilogrammni tashkil etadi. Bosh oldinga egilganida esa og‘irlik yanada ortadi. Buning natijasida mushaklar va bosh og‘rig‘i kuzatiladi. Shuning uchun inson o‘zining holatini kuzatishi kerak, boshni oldinga egib olganini payqagan zahoti qorin mushaklarini tortish, yelkani tekislash va boshni o‘ngga, chapga qaratib mashq qilish tavsiya etiladi.

Kompyuter ekraniga juda yaqin o‘tirish
Agar ekran va jism orasida masofa uzoq bo‘lsa, ob’ektni butunligicha ko‘rish oson. Agar shu holatda ishlash uzoq vaqtni talab etsa, og‘irlik yanada ortadi. Natijada belda og‘riq, qichishish, charchoq va qizarish paydo bo‘ladi. Mutaxassislar ko‘z va monitor orasi 50-60 santimetr masofada bo‘lishini tavsiya etadi. Yaxshisi, uni qo‘lning uzunligiga moslab o‘rnatish kerak va buning natijasi bir necha soatdan keyin ayon bo‘ldi.

Oyoqlarni chalishtirib o‘tirish
Bunday holatda ham og‘irlik faqatgina bitta oyoqqa tushadi va buning ortidan turli kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Tavsiyaga ko‘ra, ikkala oyoqni yerga qo‘yib, kursining balandligini ko‘tarish kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bel og‘rig‘iga sabab bo‘luvchi zararli odatlar