15:30 / 29.09.2020
3 459

Koronavirus parhezi: kasallikka chalinganda voz kechish kerak bo‘lgan 6 ta mahsulot

Koronavirus parhezi: kasallikka chalinganda voz kechish kerak bo‘lgan 6 ta mahsulot
Foto: «Domashniy ochag»
Organizm oddiy shamollash yoki COVID-19 bilan kurash olib borayotganda, eng avvalo, kuchga muhtoj bo‘ladi. Aynan shunday paytda to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish juda muhimdir. Sababi iste’mol qilinayotgan har bir mahsulot «kurash»da katta rol o‘ynaydi. Agar kasallik alomati sezila boshlansa, quyidagi 6 mahsulotni ratsiondan chiqarish tavsiya etiladi.

Apelsin sharbati
Agar kasallik yo‘tal yoki shamollash bilan kechadigan bo‘lsa, apelsin, mandarin yoki ulardan tayyorlanadigan sharbatni ichishni to‘xtatgan ma’qul. Sababi ushbu mevalar tarkibida limon kislotasi ko‘p bo‘lib, u yallig‘langan tomoqning shilliq qavatiga zarar yetkazishi va tiklanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Shirinliklar
Ayniqsa, kasallangan paytda organizm shirinlik talab qiladi, go‘yoki undan kasallikka qarshi kurashda energiya oladigandek tuyuladi. Aslida esa bunday emas, tarkibida shakar bo‘lgan biror shirinlik iste’mol qilinsa, immunitet susayadi va kasallik qaytalanishi holati kuzatiladi. Undan ko‘ra, shirinliklar o‘rniga shakarsiz qora shokolad iste’mol qilish tavsiya etiladi, buning uchun tana egasidan, albatta, minnatdor bo‘ladi.

Kofeinli gazlangan ichimliklar
Shirin ta’mga ega gazlangan ichimliklarni ratsiondan umuman chiqarib tashlagan ma’qul. Ular, avvalo, yurak-qon tomir tizimiga zarar yetkazadi. Modda almashinuvini buzadi va hatto saraton xavfini ham oshiradi. Ayniqsa, kasal bo‘lganda organizm uchun ikki marotaba zarar, kofein tanani suvsizlantiradi, shakar esa immunitetni tushiradi.

Spirtli ichimliklar
Har qanday kasallikka chalingan yoki, umuman, sog‘lom insonga ham spirtli ichimlikning turgan-bitgani zahar. Birinchidan, tanani suvsizlantiradi. Ikkinchidan, oshqozon-ichak yo‘li bilan bog‘liq har qanday muammolarni kuchaytirishi mumkin. Agar ich qotishi yoki diareya kuzatilayotgan bo‘lsa, spirtli ichimliklar qabul qilishni bas qilish kerak.

Fast-fud
Bonn universitetining tadqiqotchilari shuni ma’lum qildiki, fast-fud taomlar organizmni kuchsizlantirib, unga turli xil kasalliklar yuklanishiga sabab bo‘lar ekan. Shuning uchun ham bu kabi tezpishar yeguliklardan nafaqat kasallangan vaqtda, balki sog‘lom paytdayoq voz kechish kerak.

Achchiq taomlar
Agar shamollash burun va tomoq sohalarida sezila boshlansa, buning uchun achchiq taomlar iste’molini darhol to‘xtatish kerak. Har qanday achchiq taomlar burun va tomoq shilliq qavatiga zarar yetkazadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Koronavirus parhezi: kasallikka chalinganda voz kechish kerak bo‘lgan 6 ta mahsulot