23:05 / 29.09.2020
3 450

Dorilar o‘rniga: Oddiy choy yordam bera oladigan 10 ta holat

Dorilar o‘rniga: Oddiy choy yordam bera oladigan 10 ta holat
Foto: Times of India
Bir finjon choy nafaqat odamni tinchlantirishi, stressni bartaraf qilishi vazn kamaytirishi, shuningdek, insultni ham oldini olishi mumkin.

Qorin shishishi va ich ketishi
Qora choy tarkibida organizmga suyuqlikni yaxshilab singdirishga yordam beradigan dubil kislotasi bo‘ladi. Shu sabab ham qornida shish yoki diareya kuzatilgan bemorlarga shakarsiz bir necha finjon choy ichish tavsiya qilinadi.

Shishish
Qora choy teri hamda shilliq qavatlardagi yara, shilinish shuningdek, konyuktivit va tish og‘rig‘ida ham samarali hisoblanadi. Antibakterial va yallig‘lanishga qarshi xususiyati bilan choy, shishni ketkazish, tinchlantirish va yengillik hissini tuyishga yordam beradi.

Gerpes
Qora choyda kislotalarni neytrallashtirishi mumkin bo‘lgan ishqor mavjud bo‘ladi va bu gerpesni bartaraf qilishga yordam beradi. Buning uchun gerpes chiqqan tana qismiga kuniga uch yoki to‘rt marta choy paketini qo‘yish kerak bo‘ladi.

Terlaganda yordam beradi
Oyoq terlaganda va hidlanganda qora choydan vanna qilish tavsiya qilinadi. Undagi antibakterial ta’sir poralarni kichraytirib terlashni kamaytiradi.

Insultni oldini oladi
Choyning barcha turi antioksidantlarga boy, lekin ko‘k choy ko‘proq foydali sanaladi. O‘tkazilgan tadqiqotlarda ko‘k choy ichadigan odamlarda insultga chalinish hamda yurak kasalliklari xavfi kamaygani aniqlangan.

Xotira susayishini oldini oladi
Amerikaning Klinik ovqatlanish jurnalida chop etilgan tadqiqotda yozilishicha, kuniga bir finjon ko‘k choy ichgan keksa ishtirokchilarning tengdoshlariga nisbatan 38 foiz ko‘proq kognitiv testlarni bajara olgani ma’lum bo‘lgan. Kundalik dozaning ikki finjonga ko‘paytirilishi esa muvaffaqiyatni 54 foizga oshirgan.

Husnbuzar
Husnbuzar bezovta qiladigan kishilarga ko‘k choydan kompress qilish yoki shunchaki uning yordamida yuz yuvish tavsiya qilinadi. Ko‘k choy yallig‘lanishni bartaraf qiladi, terini tinchlantiradi, antibakterial xususiyatga ega moddalar esa husnbuzarlarni ketkazishga yordam beradi.

Tomoq og‘rishi
Issiq yalpizli choy tomoq og‘rig‘ida yordam beradi: shilliq qavatlarni tinchlantiradi, og‘riqni qoldiradi va bakteriyalarni o‘ldiradi.

Stress
Moychechakli choy tinchlantiruvchi xususiyatga ega va uni ichish yoki vanna qilish mumkin hisoblanadi. Bundan tashqari uyqusizlikdan aziyat chekayotganlarga ham moychechakli choy iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Oshqozon yarasi
Moychechak oshqozon yarasi keltirib chiqaradigan bakteriyalar rivojlanishini sekinlashtiradigan moddalarni ichiga oladi. Yanada samara berishi uchun unga asal qo‘shish tavsiya qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Dorilar o‘rniga: Oddiy choy yordam bera oladigan 10 ta holat