15:45 / 02.10.2020
2 545

Yoshga mos kiyinmaslik, moda ortidan ko‘r-ko‘rona quvish. Didsiz ko‘rinishning sabablari

Yoshga mos kiyinmaslik, moda ortidan ko‘r-ko‘rona quvish. Didsiz ko‘rinishning sabablari
Moda jurnallarini ko‘zdan qochirmaslik, dam olish kunlari xariddan tinmaslik va dugonalar bilan kiyinish borasida maslahatlashish sizning obrazingizni chiroyli va didli bo‘lishiga sababchi bo‘lib qolmaydi.

Foto: Cosmopolitan
Trendlarga ko‘r-ko‘rona ergashish
Trendlar ketidan quvish sizni moda yulduzi qilib qo‘ymaydi. Urfga kirgan libos yoki aksessuarni xarid qilib, kiyishdan avval qayerga borayotganingiz, qomatingizga qanchalik mos kelishi va garderobingizdagi boshqa kiyim-kechaklar bilan qanchalik tushishini inobatga oling.

Boshqa bir inson uchun kiyinish
Hamkasbingiz hasad qilishi, moda ortidan quvadigan dugonangizdan qolib ketmaslik yoki yaxshi ko‘rgan insoningizga ko‘proq yoqish uchun kiyinmaslik kerak. Kiyinish borasida o‘z uslubingizni topib, shunga ko‘ra kiyinishga harakat qiling. Sizga yarashgan va mos libos atrofdagilarni befarq qoldirmasligi aniq.

Foto: Cosmopolitan
O‘z o‘lchamiga mos bo‘lmagan libos xarid qilish
Kichik yoki katta o‘lchamdagi libos eng o‘ylangan obrazni ham xunuk ko‘rinishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Qomatingizga yarashadigan bichimli libos tanlang.

Aksessuar tanlashni bilmaslik
Aksessuarlarning bir-biriga yoki libos hamda obrazga mos emasligi didsiz ko‘rinishga sabab bo‘ladi.

Foto: Cosmopolitan
Poyabzal tanlashni bilmaslik
Poyabzallarni to‘g‘ri tanlay olish aksessuarlardan kam bo‘lmagan ahamiyatga ega. Yozgi shifon ko‘ylak bilan yopiq kuzgi charm tufli yoki klassik uslubdagi kostyum-yubka bilan krossovka mos tushmaganidek kiyinish borasida mavjud qonuniyatlarga amal qilish kerak.

Bachkana kiyinish
Moda olami vakillari libos va kolleksiyalarining minimal uslubda bo‘lishiga harakat qilmoqda. Qomatni aks ettiradigan baxmal libosda to‘r yoki bezaklar bo‘lishi, zamsh tuflida ko‘z va toshlar bo‘lishi shart emas.

Kolgotkani to‘g‘ri tanlashni bilmaslik
«Zagar» rangini esga soladigan, naqshli kolgotkalar eng zamonaviy va didli obrazni ham buzish xususiyatiga ega.

Foto: Cosmopolitan
Makiyaj va soch turmagining libosga mos emasligi
Kiyinish va makiyajni boriladigan joyga qarab qilgan yaxshi. Masalan, qizil lab bo‘yog‘i qattiqqo‘l boshliq bilan rasmiy uchrashuvga, makiyaj qilinmagandek bo‘yanish esa oqshomdagi tadbirlarga to‘g‘ri kelmaydi.

Foto: Cosmopolitan
Yoshga mos bo‘lmagan kiyimlar kiyish
Nozik va yosh qizga buvisi zamonidan qolgan keng sviter bilan yerga tegib turadigan yubka yoki 50 yashar ayolga yelkasi ochiq va etaklari tizzadan tepada bo‘lgan libos yarashmasligi aniq. Kiyim tanlashda boradigan joy, sabab qanchalik muhim bo‘lsa, yosh bilan bog‘liq omillarning ahamiyati ham undan kam emas.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yoshga mos kiyinmaslik, moda ortidan ko‘r-ko‘rona quvish. Didsiz ko‘rinishning sabablari