11:38 / 03.10.2020
3 576

Immunitetni yaxshilashda yordam beradigan 9 odat

Immunitetni yaxshilashda yordam beradigan 9 odat
Foto: Harper’s Bazaar
Yuqumli kasalliklar ayni kunda insonlarning asosiy dushmaniga aylanib qolgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, sentabr oyida shamollash, gripp va tumovga chalingan insonlarning soni yoz oyiga nisbatan bir necha marta o‘sgan. Bunday vaziyatda birinchi o‘rinda immunitetni mustahkamlashga kirishish kerak. Afsuski, tez yoki bir martalik urinish bunga yordam bermaydi. Immunitetni yaxshilash uchun muntazam ravishda berilgan tavsiyalarga amal qilish zarur. Albatta, bular unchalik ham qiyin emas.

Me’yoriy uyqu
Uyquning me’yorida bo‘lmasligi immunitet tizimini sezilarli darajada susaytiradi, umumiy holatga, soch, teriga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Hattoki vazn ortishiga ham olib keladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, muntazam ravishda 7 soatdan kam uxlaydigan insonlar boshqa insonlarga nisbatan 4 marotaba ko‘proq shamollaydi. Tun – dam olish va resurslarni qayta tiklash vaqti. Agar dam olish uchun yetarli vaqt bo‘lmasa, tana zaiflashadi va tashqi ta’sirlardan o‘zini himoya qila olmaydi.

Nima qilish kerak?
  • Ish kunlari hamda dam olish kunlari bir vaqtning o‘zida uxlashga va uyg‘onishga harakat qilish kerak. Bu uxlaydigan vaqtni boshqarishda va tana soatini me’yorlashtirishda yordam beradi.
  • Ratsionga magniyga boy ovqatlarni kiritish kerak. Bu uyqu garmonini ishlab chiqarishiga yordam beradi, uyqu paytida esa bezovtalikning oldini oladi. Yaxshi dam olish uchun tongda ko‘proq yong‘oq, ismaloq va dukkakli ekinlarni iste’mol qilish kerak.
  • Uxlashdan avval xona havosini tozalash kerak. Hatto qish kunlarida ham xona 20 daqiqa davomida shamollatilishi kerak. Chunki bu insonni tiniqib uxlashi uchun zarur bo‘lgan kislorodning bir qismini ta’minlaydi.

Stress nazorati
Stress gormoni kortizol – kuchli immunitet tizimining asosiy dushmanlaridan biridir. Tana stressli vaziyatlarni bartaraf etish uchun juda ko‘p energiya sarflaydi, shuning uchun sezilarli darajada zaiflashadi va viruslarga qarshi kurashishga kuch topa olmaydi. Albatta, asabiylashishni umuman yo‘qotib bo‘lmaydi, ammo vaziyatni yaxshilash imkoni bor.

Nima qilish kerak?
  • Ayni makon va bugungi kun bilan yashashga odatlanish kerak. O‘tmishdagi muvaffaqiyatsizliklar va kelajakda amalga oshmagan ishlar uchun xavotirlanish natijasida ko‘p energiya sarflanadi. Bu odat nafaqat psixologik, balki jismoniy sog‘liq uchun ham zararli. Aynan hozirgi kunga e’tibor qaratish qobiliyati stressni sezilarli darajada pasaytiradi. Bu butun organizmning ishlashiga foydali ta’sir ko‘rsatadi.
  • O‘simlikdan tayyorlanadigan maxsus choy ichish stress darajasini pasaytirishda, immunitetni mustahkamlashda yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.
  • Minnatdorlik amaliyoti bir qarashda bema’nilikka o‘xshashi mumkin, ammo uning stressni minimallashtirishdagi samaradorligi ko‘plab ilmiy tadqiqotlar bilan tasdiqlangan. Inson har kuni o‘zi minnatdor bo‘ladigan narsalarni izlab topishi va baland ovozda aytishi yoki yozishi ham mumkin.

Harakat bu – hayot.
Kuchli immunitet va faol turmush tarzi o‘rtasidagi bog‘likni tasdiqlagan tadqiqotlar sonini hisoblash qiyin, ammo natijasi hamma uchun bir xil. Muntazam jismoniy mashqlar T hujayralarini ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, bu esa viruslardan asosiy himoyachi hisoblanadi. Bundan tashqari juda ko‘p miqdordagi jismoniy mashqlar stress garmoni − kortizol ishlab chiqarishni kamaytirishga yordam beradi, bu yuqorida aytilganidek, virusli kasalliklar xavfini oshiradi.
  • Agar sport zalida maxsus mashg‘ulotlar amalga oshirilsa, ortiqchasini jismga yuklamaslik kerak. Sababi mashqlar tana uchun qiyin bo‘lsa, u nafaqat samarasiz, balki tanaga jiddiy zarar yetkazishi ham mumkin.
  • Muntazam ravishda uyda o‘tiradiganlar toza havoda ko‘proq yurishi tavsiya etiladi. Yurish uchun kuniga kamida 30-40 daqiqa vaqt ajratish zarur. Piyoda yurish mushaklar holatini yaxshilashga yordam beradi, xavfsiz yurak faolligini ta’minlaydi va tinchlantirishda ham qo‘l keladi.
  • Agar ish jarayoni kuni bilan kompyuter yonida o‘tirishni talab etsa, har soatda 5 daqiqa ichida xonani ikki marotaba aylanish kerak. Bu qonning yaxshi aylanishiga hamda tana tetiklashishiga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Immunitetni yaxshilashda yordam beradigan 9 odat