08:53 / 05.10.2020
5 104

Xurmoning inson organizmi uchun qanday foydali xususiyatlari mavjud?

Xurmoning inson organizmi uchun qanday foydali xususiyatlari mavjud?
Hurmo mikro va makroelementlarga boyligi bilan boshqa mevalardan ajralib turadi. Vatani Xitoy bo‘lmish bu mevani greklar “mevalar xudosi” ham deyishadi. Negaki u – sog‘likka koni foyda.

1. Tozalovchi xususiyati. Tarkibidagi magniy moddasi organizmdagi shlak va toksinlardan tozalaydi. Buning uchun 4 ta hurmoni bo‘laklab, bir stakan suv solib qaynatib olamiz. Tayyor bo‘lgan sharbatni ovqatdan oldin bir kunda ikki marta ichidagi hurmolari bilan iching.

2. Bakteriyalarni o‘ldiradigan xususiyati. Hurmo bo‘lagini kuygan joyga, yaralarga va husnbuzarlarga qo‘ysangiz, ular tez bitadi. Ko‘proq hurmo yeganlarga hatto gripp ham yuqmaydi.

3. Tinchlantiruvchi xususiyati. Hurmo asab tizimiga juda yaxshi ta’sir qiladi, uyquni yaxshilaydi, immunitetni ko‘taradi.

4. Yurak-tomir hujayralariga ta’siri. Hurmo tarkibidagi kaliy va tuzlar yurak-qon hujayralari faoliyatini yaxshilaydi. S va R vitaminlari yurak-qon tomir devorlarini mustahkamlaydi.

5. Homiladorlikda. Hurmo vitaminlar xazinasi bo‘lgani uchun homilador ayollarga foydali. Homilador ayolga suv va nonday zarur kalsiy va temir moddalari bor. Bakteriyalarni o‘ldiruvchi xususiyati esa yuqumli kasalliklardan asraydi.

6. Kamqonlik. Qoni kam insonlar kuniga 2 ta xurmo yeyishlari kerak. Kamqonlikni davolash uchun qurutilgan va maydalangan 1 choy qoshiq hurmo barglarini bir stakan qaynagan suvga solib iching.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Xurmoning inson organizmi uchun qanday foydali xususiyatlari mavjud?