22:04 / 05.10.2020
3 269

Yutinishga qiynalganda va og‘riq quloqqa berganda nima qilish kerak?

Yutinishga qiynalganda va og‘riq quloqqa berganda nima qilish kerak?
Foto: The Audilogiy Clinic
Kunlar sovishni boshlashi bilan shamollash, tomoq og‘rishi ko‘p uchraydi. Eng yomoni esa og‘riqning boshqa a’zolarda ham kuzatilishi, baravar namoyon bo‘lishi hisoblanadi va bemor o‘zini yomon his qiladi. Yutinishga qiynalish va og‘riqning quloqqa berishi qanday kasalliklardan darak beradi va og‘riqsizlantirish uchun nima qilish kerakligiga quyida javob beriladi.

Tomoq va quloqda og‘riq bo‘lishi
Tomoq va quloqda og‘riq sezilganda shifokorga murojaat qilish zarur hisoblanadi. Chunki mazkur simptomlar turli kasalliklardan darak berishi mumkin. Masalan:

Laringit. Bunda hiqildoq shilliq pardasi yallig‘lanadi va yutinganda quloqda ham diskomfort seziladi. Shuningdek, tomoq qurishi va yo‘tal ham kuzatilishi mumkin.

Angina. Quloqqa beradigan og‘riqdan tashqari mazkur kasallikka yuqori harorat, mushaklarda og‘riq va titrash ham xos bo‘ladi.

Otit. Doimiy bo‘lmagan og‘riq asosan kechasi qo‘zg‘aydi. Shuningdek, harorat ko‘tarilishi, ishtaha yo‘qolishi va quloqdan yiring chiqishi mumkin.

Qizamiq, skarlatina, suvchechak. Bolalarga xos bo‘lgan mazkur kasalliklarda toshmalar bilan birga tomoq va quloq og‘rishi, harorat ko‘tarilishi kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.

Difteriya. Organizmda intoksikatsiya kuchayib ketishi mumkin bo‘lgani sabab ham mazkur kasallik xavfli hisoblanadi.

Simptomlar sezilishi bilan shifokorga murojaat qilinsa, mazkur kasalliklarni oldini olish mumkin bo‘ladi.

Yutinish qiyin bo‘lsa va og‘riq quloqqa bersa nima qilish kerak?
Har bir tashxisga individual davo ko‘riladi, lekin og‘riqni kamaytirish mumkin bo‘lgan umumiy qoidalar ham yo‘q emas.

Tomoqni chayqash
Tomoqni shifobaxsh o‘tlar, masalan, kalendula, moychechak, mavrak bilan chayqash kerak. Tuz va soda qo‘shilgan iliq suv ham samara berishi mumkin.

Issiq qilish
Buning uchun tana harorati yuqori bo‘lmasligi kerak. Tuz solingan issiq qopcha yoki aroqda namlangan dokani og‘riq bor sohaga qo‘yish kerak.

Ingalyatsiya
Bunda ham harorat yuqori bo‘lmasligi kerak. Qaynatilgan kartoshka yoki dorivor o‘simliklar qaynatmasidan ingalyatsiya qilishda foydalansa bo‘ladi.

Mahalliy antiseptiklar
Xlorgeksidin bakteriyalarni o‘ldirishi bilan samara berishi mumkin.

Antibiotiklar
Shifokor maslahatiga amal qilgan holda foydalanish tavsiya qilinadi.

Yallig‘lanishga qarshi dori vositalar
Bunday preparatlar ham shifokor ko‘rsatmasiga binoan qabul qilingani yaxshi. Bu kabi choralar og‘riqni kamaytirishi mumkin.

Otorinolaringolog shifokor, tibbiyot fanlari nomzodi Vladimir Zaysevning ta’kidlashiga qaraganda, yutinishda og‘riq sezilishi va haroratning 38 darajadan 40 darajagacha ko‘tarilishi tonzillitdan darak berishi mumkin va bu surunkali bo‘lishi mumkin. Kasallikning zo‘rayishi asosan sovuq yil fasllarida immunitet susayganida kuzatiladi.

Bunday vaqtda yallig‘lanishga qarshi dori preparatlari va haroratni tushiradigan ta’sirga ega analgetiklar qabul qilish kerak. Kasallikka qarshi faqatgina antibiotiklar bilan kurashish mumkinligi sabab shifokorga murojaat qilish muhim sanaladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yutinishga qiynalganda va og‘riq quloqqa berganda nima qilish kerak?